Bugun
Marselo Galyardo "Banfild"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi
+10°
пасмурно ветер 3.1 м/с, ЮВ

BAA – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi

Sport
82
BAA – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi
2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan BAA – O‘zbekiston uchrashuvi arafasida ikki jamoa rasmiylari ishtirokida rasmiy texnik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda OFK vakillari hamda mahalliy tashkiliy qo‘mita a’zolari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Zamin.uz muxbiri Abu-Dabidan.

Uchrashuv chog‘ida ikki jamoa vakillariga o‘yin bilan bog‘liq bir qator muhim masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar berildi. Xususan, marketing qoidalari, tibbiy yordam va xavfsizlik tizimlariga oid ma’lumotlar keng muhokama qilindi.

Forma va rangi ham aniq bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bellashuvda to‘liq ko‘k rangdagi asosiy libosda harakat qiladigan bo‘ldi. Darvozabon esa yashil rangli formada maydonga tushadi. Ushbu qaror OFK qoidalariga muvofiq ravishda, har ikki jamoa formasining farqli bo‘lishi talabidan kelib chiqib qabul qilindi.

Qayd etish joizki, bu kabi texnik uchrashuvlar har bir xalqaro o‘yin oldidan o‘tkaziladi va unda ishtirokchi jamoalarning to‘liq tashkiliy tayyorgarligi nazorat qilinadi. Unda forma rangidan tortib, banderollar, rasmiylar o‘rni va hatto tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarning joylashuvigacha aniqlanadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga qarshi muhim bahs oldidan nafaqat taktik, balki tashkiliy jihatdan ham to‘liq tayyorgarlikni namoyon etmoqda. Endilikda e’tiborning markazida faqat bir narsa bor — maydondagi harakat va tarixiy yo‘llanma uchun kurash.

Bizning “oq bo‘rilar” — ko‘k libosda, bir butun xalqning ishonchi va duosi bilan maydonga chiqishadi.

O‘xshash yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov shaxmatda dunyoning top-5 ligiga kirdi
Nodirbek Abdusattorov shaxmatda dunyoning top-5 ligiga kirdi
FIDE mart oyiga mo'ljallangan yangi reyting jadvalini e'lon qildi va bu shaxmat olamida katta qiziqish uyg'otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zbekistonlik grossmeyster
Sport Bugun, 20:24
Marselo Galyardo "Banfild"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi
Marselo Galyardo "Banfild"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi
Marselo Galyardo murabbiy sifatidagi so'nggi o'yinini "Banfild" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U murabbiylik qilgan jamoa 3:1 hisobida
Sport Bugun, 19:57
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari sanalari o'zgartirildi
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari sanalari o'zgartirildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari boshqa sanalarga ko'chirilishini ma'lum qildi. Bu
Sport Bugun, 19:47
Jorje Jezush: Ronaldu jarohati jiddiy emas, tekshirilmoqda
Jorje Jezush: Ronaldu jarohati jiddiy emas, tekshirilmoqda
Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu olgan jarohat haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 19:41
Yelagin: Chempionlik poygasida Arsenal ustunlikka ega
Yelagin: Chempionlik poygasida Arsenal ustunlikka ega
Mashhur futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasida "Arsenal" va "Manchester Siti" o'rtasidagi raqobat haqida o'z fikrlarini
Sport Bugun, 19:11
"Real Madrid" va "Xetafer" bugun to'qnash keladi
"Real Madrid" va "Xetafer" bugun to'qnash keladi
Ispaniya chempionatining 26-turi doirasidagi so'nggi o'yin bugun, 2 mart kuni "Real Madrid" va "Xetafer" jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 19:09