Bugun
Bir o‘g‘il haqida hikoya
+9°
туман ветер 2.1 м/с, В

U-20 Osiyo kubogi. Koreya Respublikasi – Oʻzbekiston 3:3 (Penaltilar 3:1) videosi

Sport 00:10, 24-02-2025 3
U-20 Osiyo kubogi. Koreya Respublikasi – Oʻzbekiston 3:3 (Penaltilar 3:1) videosi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyda U20 Osiyo kubogi boʻlib oʻtmoqda. Biroz avval chorak final doirasidagi Koreya Respublikasi - Oʻzbekiston oʻrtasidagi bahs yakunlandi.

Asilbek Jumayev hisobni ochgan boʻlsa, koreyslar Shin Minha (dubl) va Kim Tayvonning gollari evaziga oldinga chiqib oldi - 3:1. 90-daqiqada Oʻrinboyev hisobni qisqartirgan boʻlsa, oʻyin tugashiga 3 soniya qolganda Abdugʻofur Haydarov gol urib, oradagi farqni yoʻqqa chiqardi.

Shu tariqa, ekstra-taymlarga oʻtildi. Qoʻshimcha boʻlimlarda ham raqib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Seriyada esa Koreya gʻalaba qozondi va Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Gollar: 0:1 – 18, Asilbek Jumayev (Daler Toʻqsonov), 1:1 – 26, Shin Min Ha, 2:1 – 56, Shin Minxa (Yun Duyang), 3:1 – 61, Kim Taevun (Li Geonxi), 3:2 – 90, Muhammadali Oʻrinboyev (Ollobergan Karimov), 3:3 – 90+4, Abdugʻafur Haydarov (Muhammadali Raimov).

Koreya Respublikasi: 23.Xon Syon Min, 4.Cho Xeonu, 5.Kim Geol (12.Pak Seungnsu, 71), 7.Son Syonmin (6.Kim Xojin, 89), 10.Kim Taevun, 13.Li Changvu, 14.Baek Minyu (9.Xa Jaengvu, 71), 15.Li Geonxi, 16.Kim Seojin, 20.Shin Minxa, 22.Yun Duyang (11.Kan Juxeok, 89).
Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 2.Bae Xyunseo, 3.Shim Eonvon, 8.Sun Shin, 17.Jin Tayexo, 18.Li Echan, 19.Kim Xyunvu.

Oʻzbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov (4.Gʻiyos Rizoqulov, 82), 5.Aziz Toʻlqinbekov (16.Muhammadali Raimov, 60), 6.Ravshan Xayrullayev (17.Ollobergan Karimov, 70), 7.Daler Toʻxsanov (11.Murod Komilov, 60), 9.Saidumarxon Saidnurullayev (18.Narimon Ahmadjonov, 82), 10.Muhammadali Oʻrinboyev, 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullayev, 22.Asilbek Jumayev (3.Muhammadali Zohidov, 117), 23.Abdugʻafur Haydarov.
Zaxira: 1.Maksim Murkayev, 8.Amirbek Saidov, 14.Ozodbek Qurbonov, 15.Laziz Mirzayev, 19.Rustam Fomin, 21.Samandar Murodboyev.

Ogohlantirishlar: Daler Toʻqsonov (55), Abdugʻafur Haydarov (57), Yun Duyang (65), Li Geonxi (67), Xa Jaengvu (96).

O‘xshash yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida Oʻzbekistonni magʻlub etdi
U-20 Osiyo kubogi. Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida Oʻzbekistonni magʻlub etdi
20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi chorak finalidan oʻrin olgan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha vaqtlarida hisob 3:3 koʻrinishida yakunlandi. Gʻolib
Sport 19:23, 23-02-2025
U-20 Osiyo Kubogi. Yaponiya Suriya bilan durang oʻynadi, Koreya gʻalaba qozondi
U-20 Osiyo Kubogi. Yaponiya Suriya bilan durang oʻynadi, Koreya gʻalaba qozondi
Xitoy mezbonligidagi U-20 Osiyo Kubogida 2-tur bahslari davom etmoqda. Koreya Respublikasi musobaqa 2-turida Tailand bilan roʻbaroʻ kelib, yirik hisobda gʻalaba qozondi. Suriya esa Yaponiya bilan
Sport 19:46, 17-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
U-20 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston-Indoneziya oʻyinidagi gollarni tomosha qiling (video)
U-20 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston-Indoneziya oʻyinidagi gollarni tomosha qiling (video)
Foto: OʻFA Shenchjenda U-20 Osiyo Kubogi 2-turidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazildi. Unda “C” guruhi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuvning
Sport 01:05, 17-02-2025
Osiyo kubogi U-20. Oʻzbekiston muhim gʻalabani qoʻlga kiritib, pley-offga yoʻl oldi
Osiyo kubogi U-20. Oʻzbekiston muhim gʻalabani qoʻlga kiritib, pley-offga yoʻl oldi
Xitoy yashil maydonlarida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi davom etmoqda. Ikkinchi tur doirasida terma jamoamiz Indoneziya yoshlariga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuvda
Sport 18:42, 16-02-2025