Bugun
Trampning Eron haqidagi bayonoti keskinlikni oshirdi
+10°
пасмурно ветер 2.3 м/с, ЮВ

Jahon chempionatiga yo‘l oldik: Yevropa ekspertlari biz haqimizda nima deyishmoqda?

Sport
25
Jahon chempionatiga yo‘l oldik: Yevropa ekspertlari biz haqimizda nima deyishmoqda?
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining o‘z tarixi davomida ilk marta jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro sport jamoatchiligida ham katta aks-sado bermoqda. Bu haqida, jumladan, dunyo futbolida alohida o‘ringa ega bo‘lgan Portugaliya hamda Braziliya kabi mamlakatlarda ham keng yozilmoqda. Yevropa va Lotin Amerikasining nufuzli sport nashrlari O‘zbekiston futbolchilarining katta yutug‘i haqida ijobiy munosabatlarini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, milliy termamiz jahon chempionatiga yo‘llanmani Osiyo mintaqasi saralash bosqichining hal qiluvchi o‘yinida Birlashgan Arab Amirliklari bilan safardagi murakkab durang (0:0) orqali naqd qildi. Mazkur natija O‘zbekiston futbolining yangi tarixidagi eng muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Portugaliyalik mashhur futbol tahlilchisi va bolanarede.pt portali eksperti Diogo Ribeyro bu haqda quyidagi fikrlarni bildirgan: "O‘zbekiston – Jahon chempionati–2026da! Markaziy Osiyo mamlakatining terma jamoasi BAA maydonida muhim durang natijaga erishib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston o‘zining tarixida birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadigan birinchi terma jamoa bo‘ladi. Bu mamlakat uchun shubhasiz tarixiy voqea. O‘zbekiston termasi oldin hech qachon mundialda ishtirok etmagan va kelasi yil yozida tarixiy debyutini nishonlaydi".

Ribeyro o‘z tahlilida guruhdagi umumiy vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, saralash bosqichining uchinchi davrasi yakunlanishiga atigi bir tur qolganida, Eron va O‘zbekiston guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab, 2026 yilgi mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan. Qatar, BAA va Qirg‘iziston esa mundialga chiqish uchun kurashni keyingi bosqichlarda davom ettiradi.

O‘zbekistonning mundialga yo‘llanma olishi Braziliya futbolida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Itatiaia.com.br saytining sport tahlilchisi Jon Piter Andrada ham milliy terma jamoamizning ushbu yutug‘ini alohida ta’kidladi. Andradaga ko‘ra, O‘zbekistonning BAAga qarshi safardagi durangi haqiqiy finalga teng bo‘lgan. "Bu durang jamoaga jahon chempionati eshiklarini ochib berdi. Terma jamoa bu bahsda raqibning katta bosimiga qarshi turib bera oldi. Ayniqsa, O‘zbekiston darvozaboni O‘tkir Yusupov juda yuqori darajada harakat qildi, u bir necha xavfli vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi", – deya qayd etdi braziliyalik ekspert.

Shuningdek, u O‘zbekiston milliy terma jamoasining xalqaro maydonda yaxshi tanilgan futbolchilari – Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov va Angliyaning «Manchester Siti» klubida faoliyat yuritayotgan markaziy himoyachi Abduqodir Husanovga alohida e’tibor qaratgan. Ekspertning fikricha, aynan shu kabi yuqori darajadagi futbolchilarning borligi O‘zbekiston termasining xalqaro maydondagi obro‘sini oshirmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi birinchi mundial yo‘llanmasini muddatidan avval naqd qildi. Uchinchi saralash bosqichining so‘nggi turida futbolchilarimiz 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida Qatar termasi bilan o‘yin o‘tkazishadi. Bu o‘yin termamiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmasada, mamlakatimizda haqiqiy futbol bayramiga aylanishi kutilayotgani aniq.

Endi esa terma jamoamiz uchun jahon chempionatiga tayyorgarlik yangi bosqichga o‘tadi. Butun mamlakatimiz, futbol ishqibozlari, futbolchilar va mutaxassislar mundialda ishtirok etish orzusining amalga oshganini mamnuniyat bilan qarshi olishmoqda. Har bir futbol muxlisi jamoamizning AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidagi o‘yinlarini intiqlik bilan kutmoqda. Bu ishtirok mamlakatimizda futbolning yanada rivojlanishi, yosh avlodning sportga qiziqishining kuchayishi uchun katta turtki bo‘lishiga ishonchimiz komil.

Bu tarixiy voqea, shubhasiz, O‘zbekiston sportining eng yorqin sahifalaridan biri sifatida futbol tarixi sahifalarida abadiy saqlanib qoladi. Millionlab muxlislar uchun bu endi orzu emas, balki haqiqiy voqelikdir. Jahon chempionati maydonlarida O‘zbekiston milliy termasining dunyoning eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng kurashishi, shubhasiz, mamlakatimiz obro‘sini yanada oshiradi. Biz terma jamoamizga kelgusi o‘yinlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola Zidanni futbol olamining buyuk shaxsi deb atadi
Gvardiola Zidanni futbol olamining buyuk shaxsi deb atadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 21:31
"Real" va "Xetafer" bugun muhim uchrashuvda to'qnashadi
"Real" va "Xetafer" bugun muhim uchrashuvda to'qnashadi
Bugun, 2 mart kuni Ispaniya chempionatining 26-turida "Real" va "Xetafer" jamoalari o'rtasida muhim uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Sport Bugun, 21:18
Eduard Mor: "Yuventus" xarakter ko'rsatdi va durangga erishdi
Eduard Mor: "Yuventus" xarakter ko'rsatdi va durangga erishdi
Moskvaning "Spartak" klubida o'ynagan sobiq himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor A Seriyaning 27-turida "Roma" va
Sport Bugun, 21:13
"Mets" jamoasi yana mag‘lubiyatga uchradi, xavf kuchaymoqda
"Mets" jamoasi yana mag‘lubiyatga uchradi, xavf kuchaymoqda
Fransiya chempionatining 24-turi "Mets" jamoasi uchun yana omadsiz yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular "Brest"ga qarshi o‘yinda gol o‘tkazib, minimal hisobda
Sport Bugun, 20:52
Eron futbolidagi sokinlik O‘zbekiston terma jamoasiga xavf solmoqda
Eron futbolidagi sokinlik O‘zbekiston terma jamoasiga xavf solmoqda
Eronning futbol maydonlaridagi sokinlik Jahon chempionati yo‘lida harakat qilayotgan "oq bo‘rilar"ning sport formasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda
Sport Bugun, 20:24
Nodirbek Abdusattorov shaxmatda dunyoning top-5 ligiga kirdi
Nodirbek Abdusattorov shaxmatda dunyoning top-5 ligiga kirdi
FIDE mart oyiga mo'ljallangan yangi reyting jadvalini e'lon qildi va bu shaxmat olamida katta qiziqish uyg'otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zbekistonlik grossmeyster
Sport Bugun, 20:24