O‘zbekiston futbolida yangi tarix yaratildi: FIFA qanday munosabat bildirdi?

Sport
30
O‘zbekiston futbolida yangi tarix yaratildi: FIFA qanday munosabat bildirdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan muhim bahsda durang qayd etib, 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilganidan keyin FIFA bu yutuqqa o‘zining rasmiy sahifasi orqali alohida munosabat bildirdi. Xalqaro federatsiya yurtimiz futboli uchun ushbu voqeaning tarixi ahamiyatini e’tirof etib, o‘tmishning ko‘plab afsonaviy nomlari misolida bu yutuqning qiymatiga urg‘u berdi.

FIFA xabarida qayd etilishicha, o‘tgan o‘nlab yillar davomida Server Jeparov, Odil Ahmedov, Ignatiy Nesterov va Maksim Shatskix kabi o‘zbek futboli yulduzlari bor kuchini terma jamoa uchun sarflagan bo‘lsa-da, tarixiy orzuga — Jahon chempionati yo‘llanmasiga erisha olmagan edi. Ular safida mamlakat futboli tarixida alohida o‘rin tutadigan Timur Kapadze ham bor edi. Ammo taqdirning o‘z o‘yini bor ekan — aynan Timur Kapadze, o‘yinchi sifatida bajara olmagan vazifani murabbiy sifatida uddalab, o‘z nomini abadiy tarix sahifalariga muhrladi.

Kapadze milliy jamoada futbolchi sifatida 119 ta uchrashuvda qatnashgan bo‘lsa, endi 43 yoshida murabbiy sifatida milliy termamizni mundialga olib chiqdi. Bu uning faqat o‘zbekistonlik muxlislar qalbida emas, balki jahon futbol jamoatchiligida ham hurmat qozonishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘tmishda Germaniya–2006 va Braziliya–2014 saralash bosqichlarida bir necha bor og‘riqli va alamli mag‘lubiyatlarga uchrab, mundial ostonasida qolgan edi. Har gal futbol ishqibozlarining yuragida afsus va umidsizlik qolgan bo‘lsa, bu gal Abu-Dabidagi keskin va asabiy o‘yinda qayd etilgan 0:0 durangning o‘zi tarixi burilish nuqtasi bo‘ldi.

Bu tarixiy natija nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham birinchi bo‘lib mundialga yo‘llanma olingani bilan ahamiyatlidir. Mintaqada futbol tarixi bir asrlik davrni qamrab olsa-da, shu kungacha hech bir milliy terma jamoa bu yutuqni qayd eta olmagan edi.

Shu bilan birga, mamlakat futboli ko‘p musibatlarni ham boshidan kechirgan. 1979 yili sobiq ittifoq chempionatida qatnashgan "Paxtakor" jamoasining aviahalokati, O‘zbekiston futboli tarixidagi eng qayg‘uli voqea sifatida qolgan edi. Undan keyin, ko‘p yillar mobaynida mamlakatda futbol tizimini qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar olib borildi.

Bu sa’y-harakatlar natijasida mamlakatda zamonaviy futbol akademiyalari tashkil etildi, yoshlar terma jamoalari esa jahon miqyosidagi turnirlarda yuqori natijalar ko‘rsata boshladi. So‘nggi o‘n besh yil ichida O‘zbekiston yoshlari ikki marta U-17 Jahon chempionatida chorak finalga chiqqan, U-20 terma jamoasi esa yaqinda Argentinada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib bordi. Olimpiya termasi esa 2024 yili Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish bilan yana bir tarixiy natijani qayd etdi.

FIFA O‘zbekiston milliy jamoasidagi yosh avlod iste’dodlarini ham alohida e’tirof etgan. Xususan, Abbosbek Fayzullayev tezkorligi va tinimsiz harakatlari bilan muxlislarning mehrini qozongan bo‘lsa, Abduqodir Husanov kuchli irodasi, baquvvatligi va yetakchilik qobiliyati bilan nafaqat mahalliy jamoalarda, balki Angliyaning grand klubi — "Manchester Siti"da ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunday qilib, milliy termamizning tarixiy muvaffaqiyati nafaqat o‘zbekistonlik muxlislarning, balki xalqaro futbol jamoatchiligining ham katta e’tirofiga sabab bo‘ldi. Endilikda jahon futbol hamjamiyati O‘zbekistonning kelgusi yili AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan mundialdagi debyutini katta qiziqish bilan kuzatishni boshladi. Bu tarixiy voqea O‘zbekiston futbolida yangi davr boshlanganini tasdiqlovchi buyuk qadam sifatida qabul qilinmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Sobiq Moskva CSKA futbolchisi Dmitriy Kuznetsov joriy mavsumdagi Rossiya Premer-ligasida “qizil-ko‘k” jamoaning oltin medallarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda
Sport 22:14, 17-10-2025
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salahga nisbatan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya
Sport 22:13, 17-10-2025
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
So‘nggi vaqtlarda "PSJ" jamoasi darvozaboni Matvey Safonov o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi ekani va Parij klubini tark etishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda
Sport 22:09, 17-10-2025
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
CSKA jamoasi himoyachisi Matvey Lukin yarim himoyachi Matvey Kislyakning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Oldinroq Nobel
Sport 22:09, 17-10-2025
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tatyana Tarasova, taniqli figuralar uchish bo‘yicha murabbiy, Rossiya futbol murabbiylari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada
Sport 22:05, 17-10-2025
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Sobiq futbolchi Dmitriy Radchenko Sankt-Peterburgning Zenit jamoasida yosh futbolchilarga kam o‘yin amaliyoti berilishining sabablari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sport 22:03, 17-10-2025