Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan FIFAni tashvishga solayotgan 3 muammo

Sport
38

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan FIFAni tashvishga solayotgan 3 muammo
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga start berishga sanoqli kunlar qolmoqda. Biroq bu yirik musobaqa hali boshlanmasidanoq bir qator muammolar va noroziliklar markaziga aylanib ulgurdi. Tashkilotchilarning rejalaridagi uzviylikka putur yetayotganini ko‘rish mumkin.

Telexuquqlar masalasi – FIFA intilayotgan katta mablag‘

FIFA tomonidan turnir teletranslyatsiyalari bo‘yicha muzokaralar ancha murakkab kechdi. Tashkilot bir qator yirik telekompaniyalardan kelayotgan takliflarni qabul qilmadi, chunki ulardan ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda. Bir muddat turnirning o‘tkazilishi ham shubha ostiga qo‘yildi. Ammo oxir-oqibatda DAZN platformasi bilan shartnoma tuzilib, masala hal etildi.

“Leon”ning chetlatilishi va ishtirokchi jamoalar bo‘yicha noto‘g‘ri rejalash

Tashkilotchilar uchun navbatdagi zarba – Meksikaning “Leon” jamoasi bilan bog‘liq bo‘ldi. “Leon” va “Pachuka” klublarining egalari bir shaxs bo‘lgani uchun reglamentga ko‘ra bu jamoa turnirda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Uni almashtiruvchi jamoa esa so‘nggi paytdagina ma’lum qilindi, bu esa tayyorgarlik masalalarida qiyinchilik tug‘dirdi. Shu bilan birga, bir qator klublar ishtirokchi sonini 32tadan 48taga oshirishni talab qilmoqda.

Chipta muammosi – afishalar o‘zini oqlamadi

Musobaqa oldidan eng katta muammolardan biri – chiptalarga bo‘lgan talab pastligi bo‘lmoqda. FIFA chiptalar narxini sezilarli darajada kamaytirganiga qaramay, muxlislar orasida turnirga qiziqish past. Afishalar va reklama kampaniyalari ham kutilgan samarani bermadi. Eng qizig‘i, FIFA chiptalarni faqat televideniye orqali ko‘rinadigan sektorlarga sotishni boshladi. Bu, ularning fikricha, teleefirda yuqori qiziqish ta’surotini yaratishi mumkin.

Xulosa
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati rasman start olmasidan avvaloq katta bosim va muammolar o‘yiniga aylanib ulgurdi. FIFAning eng nufuzli turnirlaridan biri deb baholanishi kerak bo‘lgan ushbu musobaqa avvalgi yillardagi Jahon chempionatidagi kabi qiziqishni yo‘qotgani ko‘rinib turibdi. Bu esa tashkilotchilar uchun jiddiy xulosalar chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
O'zbekiston milliy futbolini yanada rivojlantirish va uning barqaror moliyaviy asoslarini mustahkamlash bo'yicha muhim qaror qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mavjud rejadagi
Sport Bugun, 01:10
Arbeloa futbolchilarni kruassanlar bilan rag'batlantirib kelmoqda
Arbeloa futbolchilarni kruassanlar bilan rag'batlantirib kelmoqda
Real Madrid futbol klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z jamoasi bilan muhim g'alabalarni qayd etgandan so'ng futbolchilarni rag'batlantirish uchun ancha qiziq va insoniy
Sport Bugun, 00:35
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
Bugun yigirma beshinchi mart kuni Filippin poytaxti Manilada velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu katta
Sport Kecha, 21:44
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya professional futbol ligasi bosh direktori Luiji De Siyervo o'zining so'nggi nutqida mamlakat futbol infratuzilmasidagi muhim va hal qiluvchi muammolar haqida ochiq gapirdi. Bu
Sport Kecha, 21:37
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Dunyoning mashhur yengil vazn toifasi vakili Maks Hollouey o'zining raqibi bo'lgan irlandiyalik superyulduz Konor Makgregor bilan qayta jang qilishga tayyor ekanini e'lon qildi. Bu
Sport Kecha, 20:41
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Liverpul klubi tarixida o'z izini qoldirgan sobiq himoyachi Jeymi Karrager jamoaning yulduz futbolchisi Muhammad Salohning mavsum oxirida klubni tarash qarorini chuqur tahlil qildi. Bu haqda
Sport Kecha, 19:48