Bugun
Markaziy bank dollarni sotib olishda hujjat talabini kengaytirishni taklif qildi
+14°
небольшая облачность ветер 2.2 м/с, В

Britaniyada «qotillikni oldindan bashorat qiluvchi» dastur sinovdan o‘tmoqda — inson huquqlari tashkilotlari tashvishda

Texnologiya
133

Britaniyada «qotillikni oldindan bashorat qiluvchi» dastur sinovdan o‘tmoqda — inson huquqlari tashkilotlari tashvishda
Buyuk Britaniyada yangi va bahsli dastur ishga tushirildi — u insonlar shaxsiy ma’lumotlari asosida kelajakda qotillik sodir etish ehtimoli bor shaxslarni aniqlashga qaratilgan. The Guardian'ning yozishicha, mazkur tashabbusga sobiq bosh vazir Rishi Sunak davrida asos solingan.

Qotillikni bashorat qiluvchi algoritmlar?

Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha shaxslarning pasport ma’lumotlari, sog‘lig‘i, qo‘lga olingan holatlari, jinoiy ishdagi ishtiroki, xatti-harakati, qurol saqlash tajribasi, hatto o‘zini shikastlagan holatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, politsiyadan yordam so‘ragan jabrlanuvchilar haqidagi ma’lumotlar ham algoritmga kiritiladi.

Ya’ni, ma’lum sabablarga ko‘ra huquq-tartibot organlari e’tiboriga tushgan shaxslar maxsus tizim tomonidan tahlil qilinadi va ularning qotillik sodir etish ehtimoli baholanadi.

Fuqarolar xavfsizligi yoki shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz?

Britaniya Adliya vazirligi ushbu dasturni ilmiy tadqiqot maqsadida ishga tushirilayotganini va u orqali fuqarolar xavfsizligini ta’minlash niyat qilinganini ta’kidlamoqda.

Biroq inson huquqlari faollari bu tashabbusni «qo‘rqinchli» va ishonchsiz deb baholamoqda. Statewatch tashkiloti ushbu dastur to‘g‘risida axborot erkinligi qonuniga asoslangan so‘rov ham yuborgan. Mutaxassislar bu kabi loyihalar avval ham joriy qilinganini, lekin ular irqiy, ijtimoiy va moliyaviy kamsitishlarni kuchaytirganini eslab o‘tishmoqda.

Xavotirlarga asos bormi?

Algoritmlar, albatta, ma’lumotlarga asoslanadi. Biroq insonlarning kelajakda qanday harakat qilishiga oid bashoratni aniqlash — hali ham bahsli masala. Qolaversa, shaxsiy ma’lumotlarning keng qamrovda tahlil qilinishi Britaniya jamiyatida shaxsiy hayot daxlsizligi va so‘z erkinligiga oid bahslarni yanada avj oldirishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Sun'iy intellekt kutubxonasida jiddiy kiberhujum sodir bo'ldi
Sun'iy intellekt kutubxonasida jiddiy kiberhujum sodir bo'ldi
Kiberxavfsizlik sohasining yetakchi mutaxassislari dunyoga mashhur Python dasturlash tiliga oid LiteLLM kutubxonasida jiddiy muammo aniqlanganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Texnologiya Kecha, 11:40
OpenAI mashhur Sora video platformasini yopishga qaror qildi
OpenAI mashhur Sora video platformasini yopishga qaror qildi
OpenAI kompaniyasi 2024 yil oxirida ishga tushirilgan va katta e'tiborga sazovor bo'lgan video yaratish platformasi Sora faoliyatini to'xtatayotganini rasman ma'lum qildi. Bu
Texnologiya Kecha, 11:15
Apple kuzda birinchi qatlanuvchi displeyli smartfonini taqdim etadi
Apple kuzda birinchi qatlanuvchi displeyli smartfonini taqdim etadi
Kupertino shahridagi dunyoga mashhur kompaniya smartfonlar olamida haqiqiy inqilob qilishga tayyorlanmoqdadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kompaniya ichidagi ishonchli manbalardan biri
Texnologiya Kecha, 01:56
Eski kompyuterlardagi oltin miqdori juda oz ekan
Eski kompyuterlardagi oltin miqdori juda oz ekan
Eski noutbuklar va stol kompyuterlari ko'pincha internetda yashirin xazina sandiqlari sifatida tasvirlanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turli video va maqolalarda eskirgan elektron
Texnologiya 18:47, 23-03-2026
Huawei yangi Band 11 soatlarini narxi bilan taqdim etdi
Huawei yangi Band 11 soatlarini narxi bilan taqdim etdi
Xitoyda Huawei kompaniyasi o'zining yangi Band 11 sport soati qatorini rasman savdoqaqariga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangi dasturda Standard va Pro nomli ikkita alohida
Texnologiya 17:27, 22-03-2026
Xiaomi sun'iy intellektli yangi aqlli eshik qulfini taqdim etdi
Xiaomi sun'iy intellektli yangi aqlli eshik qulfini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi o'z uyining xavfsizligini yanada mustahkamlash va kirish jarayonini soddalashtirish uchun yangi aqlli eshik qulfini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qurilma
Texnologiya 17:02, 22-03-2026