Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Aliyev: Bosqinni hech qachon qabul qilmaslik kerak

Dunyo
31
Aliyev: Bosqinni hech qachon qabul qilmaslik kerak
Yaqinda Shusha shahrida o‘tgan media forumda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tarixiy nutq so‘zladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Unga ukrainaliklarga hududiy yaxlitlikni tiklash borasida qanday maslahat berishi so‘raldi. Aliyevning javobi nafaqat Ozarbayjon, balki bosqinchilikdan aziyat chekkan barcha millatlar uchun muhim signal bo‘ldi.

Davlat rahbari birinchi navbatda hech qachon bosqinni qabul qilmaslik kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aynan shu qaror Ozarbayjonga qiyin davrlarni yengib o‘tishda kuch va sabr berdi.

“Bu, menimcha, ukrainaliklarning intilishlariga mos keladi. Bosqinni hech qachon qabul qilmang.

Bu asosiy maslahat. Biz ham shunday qildik”, dedi u.

Aliyev mamlakat tarixiga oid og‘ir voqealarni eslatib o‘tdi. Qarabog‘ urushidan keyingi og‘ir oqibatlar, millionga yaqin qochqin, iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqaro yordamning deyarli berilmaganini qayd etdi.

Unga ko‘ra, iqtisodiy tomondan bir milliondan ortiq odam tirikchilik vositasidan mahrum bo‘lgan, 700 mingdan ziyod ozarbayjonlik Qorabog‘ mintaqasidan qochib ketgan, shuningdek, Armanistonda yashagan 250 mingdan ortiq ozarbayjonlik deportatsiya qilingan. Prezident mamlakat va jamiyat birdamligini muhim omil sifatida ta’kidladi.

Uning fikricha, xalqning Prezident va bosh qo‘mondonga bo‘lgan ishonchi Ozarbayjonni buyuk g‘alabaga yetaklagan. Bu birlik hududiy yaxlitlikni tiklash yo‘lida eng katta kuch bo‘ldi.

“Biz asta-sekin oyoqqa turib, rivojlandik va faqat bitta maqsadni ko‘zladik. Ishonchim komilki, fuqarolarimizning katta qismi mening so‘zlarimga qo‘shiladi.

Biz bosib olingan hududni qaytarish haqida o‘yladik. Bu juda qiyin bo‘lishini tushundik”, dedi Aliyev.

Shuningdek, u OSCE Minsk guruhi faoliyatidagi adolatsizlik va status-kvoni saqlab qolish harakatlariga ham to‘xtaldi. Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon ko‘plab to‘siqlarga qaramay, 2020 yilda mustaqil qaror qabul qilib, tarixiy adolatni tiklash uchun amaliy choralarni boshlagan va 2023 yilda masalani bir kunda hal qilgan.

Nutqining yakunida Ilhom Aliyev o‘z hayot tajribasi va mamlakat tarixi asosida hech qachon taslim bo‘lmaslik, hududiy yaxlitlikdan voz kechmaslik va jamiyat birdamligiga tayanish eng muhim omillar ekanini yana bir bor ta’kidladi. U urushlar faqat bir tomon taslim bo‘lganda tugashini, sulh esa kuch to‘plash uchun vaqt berishini eslatdi.

“Jamiyatning birdamligi menga prezident va bosh qo‘mondon sifatida kuch berdi. Men xalqning meni qo‘llab-quvvatlashiga ishonardim.

Bu, ehtimol, hal qiluvchi omil bo‘ldi. Shunday qilib, yana takrorlayman: hech qachon taslim bo‘lmang”, dedi Aliyev.

Ushbu nutq mustaqillikka intilayotgan, sabr va birlikdan kuch oladigan xalqlar uchun katta ilhom va umid manbai bo‘lib qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026