Bugun
"Paxtakor" "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib, ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi
+7°
пасмурно ветер 2.2 м/с, СЗ

BMT sudyasi o‘z uyida “qul asrab kelgani” oydinlashdi (video)

Dunyo
139
BMT sudyasi o‘z uyida “qul asrab kelgani” oydinlashdi (video)
BMT sudyasi, shu bilan bir vaqtda, Uganda Oliy sudi sudyasi hisoblangan 49 yoshli Lidiya Mugambe o‘z hamyurtini Buyuk Britaniyaga aldab chaqirib, hujjatlarini olib qo‘ygan hamda uy ishlari va bola parvarishiga majburlagan.

Lidiya Mugambe
Foto: Uganda Sud idoralari

Buyuk Britaniya sudi uni immigratsiya qonunchiligini buzish, inson mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda guvohni qo‘rqitish kabilarda aybdor deb topdi. Mugambe bu ishlarni Oksford universitetida huquq bo‘yicha doktorantura darajasi uchun o‘qiyotgan bir vaqtda amalga oshirgan.

U hibsga olish payti Temza politsiyasiga qarshilik ko‘rsatib, diplomatik immunitetga egaligini aytgan. Bu gaplar bodi-kamera obyektiviga muhrlanib qolgan.

“Men o‘z mamlakatimda sudyaman, men immunitetga egaman. Men jinoyatchi emasman. Mening diplomatik pasportim bor”, degan u.

Sud jarayonidan tafsilotlar

Mazkur ish bo‘yicha prokuror Karolin Haughey KC sud zalida turib, “Lidiya Mugambe jabrlanuvchi mehnatini ekspluatatsiya qilgani hamda uning o‘z huquqlaridan bexabar ekanidan foydalanganini aytdi. Sud hay’ati prokurorning da’vosini qo‘llab-quvvatladi.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, Mugambe jabrlanuvchini Britaniyaga “o‘z hayotini osonlashtirish va eng arzon yo‘l bilan xizmatkor topish maqsadida” olib kelgan.

“Mugambe yosh ayolni faqat shaxsiy qulayligi uchun olib kelib, yomon muomala qilgan. Qonunlarni yaxshi bila turib, nafaqat jabrlanuvchiga, balki uning xavfsizligini ta’minlamoqchi bo‘lgan politsiyani ham aldashdan tap tortmagan”, dedi prokuror Haughey qo‘shimcha qilib.

BMT rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Mugambe 2023 yil may oyida tashkilotning sudyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq bu paytga kelib, unga nisbatan tergov allaqachon boshlangan edi.

Gap shundaki, politsiya uning uyiga mazkur voqeadan uch oy oldin kelgan. Bu esa Mugambening tayinlovi vaqtida ushbu jinoyat ishi e’tiborga olinmagani yoki tekshirilmay qolib ketgan bo‘lishi mumkinligidan dalolat qiladi.

Sud unga nisbatan hukmni 2 may kuni chiqaradi.

O‘xshash yangiliklar

Eron kiber-xavfsizlikni kuchaytirish rejasini e'lon qildi
Eron kiber-xavfsizlikni kuchaytirish rejasini e'lon qildi
Eron poytaxti Tehronda yo‘l kameralari va mobil aloqa tizimlarining buzib kirilishi mamlakat uchun katta muammo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Isroil va AQSH razvedkasining bu qadar faol
Dunyo Kecha, 23:36
Isroil elchisi Eronning harbiy tahdidini tanqid qildi
Isroil elchisi Eronning harbiy tahdidini tanqid qildi
Gideon Lastig, Isroilning O‘zbekistondagi elchisi, mamlakati nega AQSH bilan birga Eronga qarshi harakat qilayotganiga aniqlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Elchi ta'kidlashicha,
Dunyo Kecha, 22:56
Eron AQSh esminetsiga raketa zarbasi berdi
Eron AQSh esminetsiga raketa zarbasi berdi
Tasnim axborot agentligining xabariga ko‘ra, Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh harbiy-dengiz flotiga tegishli esminetsga Qadr-380 va Talayeh turidagi raketalar bilan zarba bergan.
Dunyo Kecha, 21:29
AQSHning Eronga qarshi amaliyotlari: 1,9 milliard dollar yo'qotishlar
AQSHning Eronga qarshi amaliyotlari: 1,9 milliard dollar yo'qotishlar
AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari ortidan Vashingtonning moddiy yo‘qotishlari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Anadolu agentligi taqdim etgan
Dunyo Kecha, 19:40
Isroil razvedkasi Tehron kuzatuv tizimiga kirib bordi
Isroil razvedkasi Tehron kuzatuv tizimiga kirib bordi
Yaqin Sharqdagi voqealar xalqaro hamjamiyatni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Isroilning maxsus xizmatlari Eronning yuqori doiralariga chuqur kirib borgani
Dunyo Kecha, 19:08
Eron dronlari AQSh elchixonasiga hujum qildi
Eron dronlari AQSh elchixonasiga hujum qildi
AQShning Washington Post nashri xabariga ko‘ra, Eron bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan uchuvchisiz apparat Saudiya Arabistonidagi AQSh elchixonasiga hujum qilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 18:42