Bugun
Oltin narxi pasaydi: yangi quyma narxlari e’lon qilindi
+20°
пасмурно ветер 2.3 м/с, ЮВ

Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi

Dunyo
176

Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Foto: Brave1
Ukrainada ilk bor optik tola orqali boshqariladigan va uzoq masofaga ucha oladigan FPV-dronlarni sinovdan o‘tkazildi. Ushbu dronlar bir necha o‘n kilometr masofani bosib o‘tish qobiliyatiga ega, deb yozadi Brave1.

Sinov davomida 15 dan ortiq pilotsiz parvoz qurilmalari ishlab chiqaruvchilari o‘zlaring mahsulotlarini poligonda sinovdan o‘tkazdilar. Sinovlarda dronlar 20 kmdan ortiq masofani to‘siqsiz bosib o‘tib, va nishonga yaqinlashishni imitatsiya qilgan.

Shu paytgacha avval bunday dronlarning uchish masofasi atigi 5–10 kmni tashkil etgan bo‘lsa, bu gal 20 kmdan ortiq masofadagi nishonlarni ura oladigan yechimlar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Brave1
Optik tolali FPV-dronlarning ustunliklari quyidagilardan iborat:

  • Radioelektron kurash vositalariga to‘liq chap beradi —bunday dronlar radioelektron to‘siqlarga qaramay jangovar vazifalarni bajara oladi;
  • Dushman uchun ko‘rinmas — radioto‘lqinlar chiqarmasligi sababli, radiorazvedka vositalari ularni aniqlay olmaydi;
  • Sifatli aloqa — uzoq masofalardan turib ham video tasvirni barqaror va aniq uzatish imkonini beradi;
  • Radiogorizont ta’sir qilmaydi — radiosignalga bog‘liq bo‘lmagani uchun dronlar uzoq masofada ham samarali boshqariladi.


Tadbirda shuningdek optik tola orqali boshqariladigan yetti turdagi yer usti robotlashtirilgan kompleks (YEURK)lar ishlab chiqaruvchilari ham ishtirok etib, sinov boshqaruvni namoyish etib berishdi.

Foto: Brave1
«Optik tola — aloqa va radioelektron kurash sohasidagi o‘yin qoidalarini o‘zgartiruvchi omil, chunki u REK vositalari ta’sir qila olmaydigan barqaror aloqani ta’minlaydi. Biz optik tolani joriy etishga juda qiziqayapmiz, chunki bu orqali bizning YEURKlarimiz uzoq masofalarda harakat qilib, dushmanni yanada samarali yo‘q qilishimizga yordam beradi», – dedi «Da Vinchi bo‘rilari» batalionining robotlashtirilgan tizimlar xizmati rahbari kapitan Oleksandr Yabchanka.

Optik tolali dron — bu operator tomonidan boshqariluvchi FPV-dron bo‘lib, u bilan optik tolali kabel orqali aloqa qilinadi. Video signali ham shu kabel orqali uzatiladi. Shu tariqa, bunday dronni boshqarishda radiochastotalar qo‘llanilmaydi va u radioelektron kurash vositalarining ta’siriga tushmaydi.

O‘xshash yangiliklar

G7 davlatlari Ukrainaga yordamni davom ettiradi
G7 davlatlari Ukrainaga yordamni davom ettiradi
Jahonning yetakchi yetti sanoatlashgan davlati (G7) 24-fevral kuni e’lon qilgan qo‘shma bayonotida Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish borasida o‘z pozitsiyasini yana bir
Dunyo Bugun, 13:32
Tramp Kongressda yillik natijalar va rejalarga to‘xtaldi
Tramp Kongressda yillik natijalar va rejalarga to‘xtaldi
2026-yil 25-fevral, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressning ikkala palatasi oldida an’anaviy murojaati bilan chiqish qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o‘z boshqaruvining bir
Dunyo Bugun, 12:16
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon
Dunyo Bugun, 05:08
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Italiyada A Seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi paytida ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali oqibatlarga
Dunyo Kecha, 23:34
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Kecha, 22:48