Bugun
Luis Enrike PSJning Chelsi ustidan qattiq g‘alabasi haqida
+17°
пасмурно ветер 3.2 м/с, СЗ

Eron yadroviy muzokaralarda shartlar qo‘ydi — Tehron uran boyitishni to‘xtatishga tayyormi?

Dunyo
122
Eron yadroviy muzokaralarda shartlar qo‘ydi — Tehron uran boyitishni to‘xtatishga tayyormi?
Eron yadroviy dasturini cheklash evaziga AQSHdan bir qator shartlarni talab qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalari xabar berdi. Muzokaralar 12 aprel kuni Ummonda bilvosita tarzda o‘tkazilgan.

Eron qanday shartlar qo‘ygan?
Mazkur muzokaralarda Eron tomonidan qo‘yilgan asosiy talablar:
  • AQSH Eronning atom energetikasini qamrab olgan sanksiyalarni yumshatishi kerak;
  • Xorijdagi milliardlab dollarlik muzlatilgan aktivlarni blokdan chiqarishi kerak;
  • Eron neftini sotib olayotgan Xitoy kompaniyalariga bosim to‘xtatilishi talab qilingan.

Eron nima beradi?
Bunday “imtiyozlar” evaziga Eron:

2015 yilgi yadroviy kelishuv doirasida belgilangan uran boyitish darajasiga qaytishga tayyor ekanini bildirgan.

Ma’lumki, bu kelishuvni Donald Tramp o‘z prezidentlik davrida bekor qilgan edi.

Vashington shubha bilan qaramoqda
The Wall Street Journal yozishicha:
  • Eron qo‘shimcha majburiyatlar olmas ekan, AQSH sanksiyalarni yengillatishga rozi bo‘lishi qiyin.
  • Tramp ma’muriyati Tehronning uranni boyitish huquqini saqlab qolishiga qarshi.

AQSH maksimal talablar qo‘ymadimi?
Hisobotda ta’kidlanishicha, bu safar Vashington tomoni maksimalistik talablar bilan chiqmagan. Tramp ma’muriyati asosiy e’tiborni:
“Eron qo‘lidagi mavjud materialni qurol sifatida ishlatmasligiga qaratish” bilan cheklagan.
Har ikki tomon muzokaradan umidvor
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy muloqotni:
“Konstruktiv va o‘zaro hurmat bilan olib borildi”, deb baholagan.
“Menimcha, biz muzokaralar uchun asos yaratishga yaqin turibmiz. Agar keyingi haftada buni rasman shakllantirishga muvaffaq bo‘lsak, real muzokaralar boshlanadi,” — dedi u.
Oq uy ham muzokaralarni “ijobiy va konstruktiv”, deb baholagan. Shunga qaramay:
“Natija bo‘lmaguncha, hech narsa muhim emas,” — degan Donald Tramp.

O‘xshash yangiliklar

Tailandda avariyada o‘zbekistonliklar halok va jarohatlandi
Tailandda avariyada o‘zbekistonliklar halok va jarohatlandi
Tailandning mashhur sayohat joylaridan biri bo‘lgan Phuket orolida yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisasi bir oilani chuqur qayg‘uga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 18 mart kuni sodir bo‘lgan
Dunyo Bugun, 18:38
Eron razvedka vaziri Isroil zarbasida halok bo‘ldi
Eron razvedka vaziri Isroil zarbasida halok bo‘ldi
Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib Tehronda Isroil aviazarbasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xatib Eronning eng nufuzli rahbarlaridan biri bo‘lib, marhum diniy rahbar Ali
Dunyo Bugun, 18:14
Qozog‘iston bayrog‘i dunyoning eng chiroyli bayrog‘i deb topildi
Qozog‘iston bayrog‘i dunyoning eng chiroyli bayrog‘i deb topildi
Reddit foydalanuvchilari tomonidan tashkil etilgan “Dunyo bayroqlari turniri” onlayn musobaqasining yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli davlat bayrog‘i deb tan olindi. Bu
Dunyo Bugun, 16:59
Eron dengizchilari AQSh hujumida halok bo‘ldi dafn marosimi o‘tkazildi
Eron dengizchilari AQSh hujumida halok bo‘ldi dafn marosimi o‘tkazildi
Bugun Eron 84 dengizchisining dafn marosimi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 4 mart kuni Eronning “Dena” esminesi Hindistondan harbiy paraddan qaytayotganda Shri Lanka oroli yaqinida
Dunyo Bugun, 16:16
Tramp ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘rib chiqmoqda
Tramp ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘rib chiqmoqda
Donald Tramp ma’muriyati Moskva bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Politico nashri ma’lumot berdi. Nashrning
Dunyo Bugun, 15:41
Isroil va AQSh Eron rahbarlarini nishonga oldi
Isroil va AQSh Eron rahbarlarini nishonga oldi
Isroil tomonidan “Basij” qo‘mondoni general G‘ulomrizo Sulaymoniy hamda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Lorijoniy yo‘q qilingani haqida xabarlar tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 15:20