Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+9°
пасмурно ветер 2.6 м/с, СЗ

Tailandda sun’iy intellektga ega birinchi robot-politsiyachi ish boshladi

Dunyo
223

Tailandda sun’iy intellektga ega birinchi robot-politsiyachi ish boshladi
Tailandning Nakxonpatxom provinsiyasida mamlakatdagi birinchi sun’iy intellektga ega robot-politsiyachi sinovdan o‘tkazildi. Interesting Engineering xabar berishicha, AI Police Cyborg 1.0 nomi berilgan ushbu zamonaviy qurilma Songkran bayramida xavfsizlikni ta’minlashda o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.

Robot maxsus kamera bilan jihozlangan bo‘lib, butun provinsiya bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan. Shuningdek, u real vaqt rejimida dronlardan olingan ma’lumotlarni qabul qilib, ko‘chalardagi vaziyatni tahlil qiladi va yig‘ilgan ma’lumotlarni boshqaruv markaziga uzatadi.

Robotning eng muhim xususiyatlaridan biri – odamlarning yuzini tanish imkoniyatidir. U xavfli guruhlarga mansub yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tezda aniqlab beradi. Bundan tashqari, robot odamlarning tashqi ko‘rinishini, bo‘yi, jinsi, tana tuzilishi, kiyimi va hatto xatti-harakatlarini ham tahlil qila oladi.

Agar jamoat joylarida janjal yoki zo‘ravonlik boshlansa, AI Police Cyborg 1.0 buni zudlik bilan qayd etadi. Robot pichoq yoki tayoq kabi xavfli buyumlarni osonlik bilan ajratishi mumkin, ammo bayramlarda suv sepish uchun foydalaniladigan o‘yinchoq to‘pponchalarni xavfli vosita sifatida qabul qilmaydi.

Politsiya vakillari fikricha, bu robot xavfsizlikni ta’minlashda yangi bosqichdir. Chunki robot odamlar kabi charchoq his qilmasdan doimiy ravishda kuzatuv olib borishi mumkin. Uning sun’iy intellekti xavfli vaziyatlarga bir lahzada javob qaytarishga qodir.

Bunday zamonaviy tizim Xitoyda ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Mamlakatdagi robotlar odamlar bilan muloqot qiladi, ularning savollariga javob qaytaradi va politsiya patrullariga yordam beradi. Xitoydagi shunday robotlardan biri – PM01 modeli o‘tgan yilning dekabr oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Mart oyida esa Logon Technology kompaniyasining RT-G modeli sinovdan o‘tkazilgan, u soatiga 35 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Bay mafiyasining to‘rt yetakchisini qatl etdi
Xitoy Bay mafiyasining to‘rt yetakchisini qatl etdi
Xitoy hukumati Myanma chegarasida kiberfiribgarlik imperiyasini boshqargan Bay mafiyasining to‘rt nafar yetakchisiga nisbatan o‘lim hukmini ijro etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qaror so‘nggi
Dunyo Kecha, 22:21
Oltin va kumush narxi keskin tushib ketdi
Oltin va kumush narxi keskin tushib ketdi
2-fevral kuni qimmatbaho metallar bozorida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 5600 dollarlik tarixiy darajadan 4400–4800 dollar
Dunyo Kecha, 20:26
Tramp: "Epshteyn orolida hech qachon bo‘lmaganman"
Tramp: "Epshteyn orolida hech qachon bo‘lmaganman"
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida o‘z bayonoti bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o‘z so‘zida Epshteynga tegishli orolda hech qachon
Dunyo Kecha, 17:33
Rossiya va AQSH: 1-fevral muzokaralar uchun chegara
Rossiya va AQSH: 1-fevral muzokaralar uchun chegara
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning zarbalarni to‘xtatish muddatlari haqidagi savolga javob berar ekan, avvalgi bayonotlariga qo‘shimcha qiladigan ma’lumoti yo‘qligini
Dunyo Kecha, 16:53
Ukraina bo‘yicha muzokaralar Abu-Dabida davom etadi
Ukraina bo‘yicha muzokaralar Abu-Dabida davom etadi
Ukraina atrofidagi muzokaralar yana diqqat markazida. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Ukraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi
Dunyo Kecha, 16:33
Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuela kelajakda AQSh tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi haqida hazilomuz fikr bildirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda *The
Dunyo Kecha, 15:05