Bugun
Bishkekda bolalarga ignali shirinlik tarqatgan shaxs ushlangan
+22°
пасмурно ветер 2.8 м/с, С

Rossiya Ukraina bo‘yicha AQSH bilan kelishuvga tayyorligini bildirdi

Dunyo
129

Rossiya Ukraina bo‘yicha AQSH bilan kelishuvga tayyorligini bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CBS. Biroq u mazkur kelishuvning ba’zi jihatlari hali to‘liq ishlab chiqilmaganini va qayta ko‘rib chiqishga muhtojligini urg‘uladi.

«AQSH prezidenti kelishuvning aniq shartlari va tafsilotlarini e’lon qilmagan, shu sababli men ham bu haqda hozircha gapirmayman. AQSH rahbarining bayonotidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, biz to‘g‘ri yo‘nalishdamiz. Biz kelishuvga tayyormiz, ammo ba’zi jihatlarni yanada takomillashtirish kerak», – dedi Lavrov.

Shuningdek, Lavrov «Ukrainadagi vaziyat» bo‘yicha Amerika bilan muloqot davom etayotganini ma’lum qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp bu mojaroning kelib chiqish sabablarini tan olgan yagona yirik davlat rahbari bo‘lishi mumkin. «Prezident Tramp Ukrainani NATOga jalb qilishga bo‘lgan urinishni jiddiy xatolik sifatida baholadi. Bu xatoni Bayden ma’muriyati sodir etgan va hozir AQSH buni tuzatmoqchi», – deb ta’kidladi Lavrov.

Tramp fikricha, Ukraina mojarosi bo‘yicha tinchlik kelishuvi yo‘lida ma’lum darajada oldinga siljish mavjud. Ammo CBS muxbirining «Ukraina tinchlik evaziga o‘z hududining bir qismini Rossiyaga berishga majbur bo‘ladimi?» degan savoliga AQSH prezidenti quyidagicha javob bergan:

«Bu qaysi hudud ekani bilan bog‘liq... Biz Ukraina bilan ishlashni davom ettiramiz, ammo ular allaqachon ko‘plab hududlarini yo‘qotgan», – dedi Tramp. Uning fikricha, Rossiya harbiy kuchlarining Ukrainaning butun hududini bosib olmagani ham Rossiya tomonidan qilingan muayyan yon berish deb baholanishi mumkin.

Ukrainaning tinchlik formulasi qanday?

Ukraina tomoni urushning to‘liq yakunlanishi uchun Rossiya qo‘shinlari 1991 yilgi chegaralarga qaytishini talab qilmoqda. Bunda 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari nazarda tutilgan. Shuningdek, Ukraina tinchlik erishilgandan keyin Rossiya tomonidan yana hujumlar amalga oshirilmasligi uchun xalqaro xavfsizlik kafolatlari berilishini talab qilyapti. Bu esa Ukrainaga xalqaro tinchlikparvar kuchlarning joylashtirilishini anglatadi. Moskva esa Ukraina taklif qilgan «tinchlik formulasi» bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatini rad etgan hamda xorijiy kuchlarning Ukraina hududiga kiritilishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan.

Rossiyaning shartlari qanday?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni to‘xtatish uchun bir qator talablarni ilgari surdi. Unga ko‘ra, Ukraina harbiy kuchlari o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududlaridan olib chiqilishi lozim. Bundan tashqari, mazkur to‘rt viloyat hamda Qrim yarimoroli xalqaro hamjamiyat tomonidan Rossiya hududi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga qo‘shilish rejasidan voz kechishi va Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishi talab qilinmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa bu talablarni «qabul qilib bo‘lmas va ishonchsiz ultimatum» deb atagan.

Hozirda xalqaro jamoatchilik Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Biroq ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar va kelishuvlar hozircha jiddiy natija bermagan.

O‘xshash yangiliklar

AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyani yakunlaydi
AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyani yakunlaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyaning yaqin ikki-uch hafta ichida yakunlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, amalga oshirilgan harakatlar
Dunyo Bugun, 13:10
Yevropa Amerika ittifoqida Yaqin Sharqda ziddiyat kuchaymoqda
Yevropa Amerika ittifoqida Yaqin Sharqda ziddiyat kuchaymoqda
Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar fonida Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari sinovdan o‘tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu siyosiy
Dunyo Bugun, 06:20
Netanyaxu arab davlatlari bilan ittifoqni mustahkamlashga chaqirdi
Netanyaxu arab davlatlari bilan ittifoqni mustahkamlashga chaqirdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yaqin Sharqdagi geosiyosiy holat va arab davlatlari bilan bo'lgan munosabatlar haqida jiddiy va muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:13
Xitoy jahon iqtisodiyotida yangi peshqadamga aylandi
Xitoy jahon iqtisodiyotida yangi peshqadamga aylandi
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida kuchlar nisbati keskin o'zgarish jarayonidan o'tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xalqaro maydonda yangi peshqadamlar shakllanib, an'anaviy
Dunyo Kecha, 22:55
Zelenskiy Rossiyaning Donbass bo'yicha ikki oylik ultimatumini e'lon qildi
Zelenskiy Rossiyaning Donbass bo'yicha ikki oylik ultimatumini e'lon qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy joriy kunda Rossiya tomonidan ilgari surilgan yangi va keskin shartlar haqida ommaga ma'lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya rasmiylari
Dunyo Kecha, 22:36
Moskvada qiz onasi bilan janjallashib 88 ming dollarni derazadan tashladi
Moskvada qiz onasi bilan janjallashib 88 ming dollarni derazadan tashladi
Moskva shahrining Meshchan tumanida yosh qiz onasi bilan janjallashib, ichida jami 88 ming dollar bo‘lgan 100 dollarlik pullar solingan sumkani derazadan tashlab yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Kecha, 21:45