Bugun
Qozog‘istonda mahsulot haqiqiyligini tekshirish osonlashdi
+22°
ясно ветер 1.7 м/с, СЗ

Dunyo bo‘ylab ortiqcha vazn epidemiyasi kuchayishi kutilmoqda

Dunyo
116
Dunyo bo‘ylab ortiqcha vazn epidemiyasi kuchayishi kutilmoqda
2050 yilga kelib butun dunyo bo‘ylab o‘rta yoshlilarning yarmidan ko‘pi ortiqcha vazndan aziyat chekishi mumkin. Bu hozirgi kunda har uch o‘smirning biri ortiqcha vazn bilan yashayotganiga asoslanadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ortiqcha vazn muammosi erta o‘lim, turli kasalliklarning erta vujudga kelishiga sabab bo‘lgan holda sog‘liqni saqlash sohasida jiddiy xavflarni tug‘dirishi mumkin.

Lancet nashri taqdim etgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 30 yilda ko‘plab faktorlar sabab insonlarda ortiqcha vazn muammosi avj oldi. Quyida muammoga asos bo‘luvchi omillar bilan tanishing:

Energiya muvozanati buzilishi: Oziq-ovqatdan olinadigan energiya tananing energiya sarfidan oshib ketishi ortiqcha vaznning asosiy sababi hisoblanadi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish: Yuqori uglevodli mahsulotlar (xamirli ovqatlar, shirinliklar) iste’moli, shuningdek, fastfudlar kabi sog‘lom bo‘lmagan oziq-ovqatlar ortiqcha vaznga olib keladi.
Kam harakatlanish: Nosog‘lom turmush tarzi, ya’ni kam jismoniy faollik ortiqcha vaznning keng tarqalgan sabablaridan biridir.
Genetik omillar: Genlar ortiqcha vaznga sabab bo‘ladigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ba’zi genetik mutatsiyalar insonni ko‘proq ovqat yeyishga moyil qilishi mumkin.
Endokrin kasalliklar: Gipotiroidizm, insulinoma kabi kasalliklar ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkin.
Ruhiy omillar: Stress, ruhiy tushkunlik kortizol miqdorini oshirib, ortiqcha vaznga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy va atrof-muhit omillari: Ota-onalarning noto‘g‘ri ovqatlanishga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy odatlar.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirda 2,11 milliard 25 va undan katta yoshdagilar hamda 493 million 5 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholi ortiqcha vaznga ega. Bu 1990 yildagi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 731 million va 198 millionga ko‘proqdir.

Taxminiy prognozlarga ko‘ra, 2050 yilga kelib 25 yoshdan kattalarning yarmidan ko‘pi (3,8 milliard) va 24 yoshgacha bo‘lgan 746 million kishi ortiqcha vazn yig‘ishi mumkin.

Tadqiqotda bolalar va o‘smirlar orasida semizlik xavotirli darajada o‘sayotgani ta’kidlanib, 2050 yilga kelib semizlik bilan yashovchilar soni 360 millionga yetishi mumkinligi aytilgan.

Ortiqcha vaznning misli ko‘rilmagan global epidemiyasi chuqur fojia va monumental ijtimoiy muvaffaqiyatsizlikdir, deydi Vashington universiteti professori Emmanuela Gakidou.

Tadqiqotda keltirilgan raqamlar davlatlar miqyosida bir-biridan farq qiladi. Ortiqcha vazndan qattiq aziyat chekib kelayotgan insonlarning yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i sakkizta mamlakatda yashaydi:

- Xitoy (402 million);
- Hindiston (180 million);
- AQSH (172 million);
- Braziliya (88 million);
- Rossiya (71 million);
- Meksika (58 million);
- Indoneziya (52 million);
- Misr (41 million).

Tahlillarga ko‘ra, 2050 yilga kelib, har uchinchi bola va o‘smirlardan biri “ortiqcha vazn inqirozi” bilan yashaydigan mintaqalar — Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Karib havzasida bo‘lishi kutilmoqda.

Tadqiqotchilar kelajakda bolalar o‘zlarining ajdodlariga qaraganda tezroq vazn ortishini, ularda diabet, yuqori qon bosimi, yurak xastaliklari va saraton kasalliklari nisbatan erta vujudga kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Masalan, yuqori daromadli mamlakatlarda 1960 yillarda tug‘ilgan erkaklarning 7 foizi 25 yoshga yetgunga qadar semizlikka chalingan. Bu ko‘rsatkich 1990 yillarda tug‘ilganlarda 16 foizga, 2015 yilda tug‘ilganlarda esa 25 foizga yetishi taxmin qilinmoqda.

Ortiqcha vazn muammosi mamlakatlar iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. World Obesity Federationning tahliliga ko‘ra, bu kam daromadli davlatlar uchun jiddiy xavf.

O‘xshash yangiliklar

Qozog‘istonda mahsulot haqiqiyligini tekshirish osonlashdi
Qozog‘istonda mahsulot haqiqiyligini tekshirish osonlashdi
Qozog‘istonda xaridorlar uchun mahsulotning haqiqiyligini aniqlash endi yanada osonlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. eGov.kz portali matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, eGov Mobile mobil
Dunyo Bugun, 13:32
Zelenskiy: Ukraina shaxsga emas, tizimga tayanadi
Zelenskiy: Ukraina shaxsga emas, tizimga tayanadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy britaniyalik jurnalist Pirs Morgan ishtirokida o‘tgan Piers Morgan Uncensored dasturida intervyu berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Suhbat davomida u shaxsiy
Dunyo Bugun, 13:30
Sobiq prezident Yun Sok Yol umrbod qamaldi
Sobiq prezident Yun Sok Yol umrbod qamaldi
2026 yil 19 fevral kuni Janubiy Koreyada Seul Markaziy tuman sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga 2024 yil dekabrida qisqa
Dunyo Bugun, 12:49
Kim Chen In yangi harbiy texnikani shaxsan sinovdan o‘tkazdi
Kim Chen In yangi harbiy texnikani shaxsan sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreyada navbatdagi harbiy texnologiyalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakat rahbari Kim Chen In yangi ishlab chiqarilgan yirik kalibrli yalpi o‘t ochish
Dunyo Bugun, 12:22
Antarktida osmonida uzuksimon quyosh tutilishi kuzatildi
Antarktida osmonida uzuksimon quyosh tutilishi kuzatildi
Antarktida osmonida ajoyib va kam uchraydigan hodisa kuzatildi: uzuksimon quyosh tutilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu noyob voqea 17-fevral kuni Janubiy yarim sharda qayd
Dunyo Bugun, 11:32
AQSH va Eron o‘rtasida urush xavfi ortmoqda
AQSH va Eron o‘rtasida urush xavfi ortmoqda
Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat tobora keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH harbiy kuchlari Eronga qarshi ehtimoliy operatsiyalarga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. CBS
Dunyo Bugun, 11:26