Bugun
Messi Inter Mayamida qolish uchun shartnoma uzaytiradi
+37°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Ovqatni tez yeyish ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Foydali
31
Ovqatni tez yeyish ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkinmi?
To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom hayot tarzining asl sir-asrori faqatgina kaloriyalarni hisoblash emas, balki ovqatni yaxshilab va shoshilmasdan chaynashdan boshlanadi. Agar siz muntazam ravishda ovqatni tez-tez va yaxshilab chaynamasdan iste’mol qilsangiz, bu vazn ortishi va organizmdagi turli muammolarning asta-sekin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Keling, tez ovqatlanganda organizmimizda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz va bu holat bizning metabolizmimiz, tashqi ko‘rinish va umumiy sog‘lig‘imizga qanday ta’sir qilishi haqida gaplashamiz.

Nima uchun ovqatni shoshib yeyish kerak emas?

Organizm muhim mikroelementlarni o‘zlashtira olmay qoladi

Ovqatni yetarlicha chaynamasdan iste’mol qilish uning to‘liq hazm bo‘lmasligiga olib keladi. Yarim hazm bo‘lgan taom esa ichakda zarur bo‘lgan selen, yod, rux va mis kabi qimmatli minerallarning yaxshi so‘rilishini qiyinlashtiradi. Bunday minerallarning yetishmovchiligi qalqonsimon bezning faoliyatiga putur yetkazib, moddalar almashinuvini pasayishiga, shishlar paydo bo‘lishi va ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Oqsil va yog‘larning to‘liq hazm bo‘lmasligi

Agar siz go‘sht kabi oqsilga boy mahsulotlarni yetarlicha chaynamasdan iste’mol qilsangiz, ular organizm tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmay qoladi. Bu esa organizmning doimiy ravishda tez hazm bo‘luvchi uglevodlarga (masalan, shirinlik yoki non mahsulotlari) muhtoj bo‘lib qolishiga olib keladi va bu, o‘z navbatida, ortiqcha vazn yig‘ishga zamin yaratadi.

Oshqozonda og‘irlik va qorinda shish paydo bo‘ladi

Yetarlicha chaynalmagan ovqat oshqozonda og‘irlik hissini uyg‘otadi. Shu sababli, inson organizm uchun foydali bo‘lgan, biroq "og‘ir" taomlarni tanovul qilishdan voz kechib, o‘rniga yengil, lekin zararli bo‘lgan shirinlik va non mahsulotlariga moyil bo‘lib qoladi.

Miya to‘yganingizni kech his qiladi

Taomdan to‘yganlik haqidagi signal miyaga 7-10 daqiqa ichida yetib boradi. Agar ovqatni shoshilinch ravishda tanovul qilsangiz, siz ehtiyojingizdan ancha ko‘proq yeyib qo‘yishingiz mumkin.
Tavsiya: Ovqatlanish jarayonida kichik pauzalar qiling, bu sizga ortiqcha yeyishning oldini olishda yordam beradi.

Kechqurunlari zararli mahsulotlarga bo‘lgan ishtaha ortadi

Kun davomida ovqatni shoshib va yetarlicha miqdorda iste’mol qilmasangiz, organizm kechqurun "yetishmagan" energiyani qayta tiklashga harakat qiladi. Ko‘pincha buni zararli, yog‘li yoki shirin mahsulotlar bilan amalga oshiradi.
Tavsiya: Ongli ovqatlanish amaliyotini yo‘lga qo‘ying – atigi 15 daqiqa davomida sokin va shoshilmasdan ovqatlanish orqali ishtahangizni to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

Har bir luqmani 30–50 marta chaynash kerak

Diyetologlar va ongli ovqatlanish tarafdorlari quyidagi tavsiyalarni berishadi:
  • Qattiq ovqatlarni (go‘sht, sabzavotlar, yong‘oqlar) – 30–50 marta chaynash;
  • Yumshoq ovqatlarni (bo‘tqa, sho‘rva, meva) – 15–20 marta chaynash.

Yaponiyalik olimlarning 2014 yilda o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, har bir luqmani 40 martadan ko‘p chaynagan insonlar oziq-ovqatni kamroq iste’mol qilgan va ularning organizmida ochlik gormoni – grelin darajasi sezilarli pasaygani qayd etilgan.

Noto‘g‘ri chaynashning sababi stomatologik muammolarda ham bo‘lishi mumkin

Ba’zida odamlar shunchaki ovqatni tez chaynashga o‘rganib qolgan bo‘ladi. Ammo, ba’zi hollarda bu muammo kundalik odatlarga emas, balki tishlarning notekis yopilishi (prikus)ga bog‘liq bo‘ladi. Agar tishlar noto‘g‘ri yopilsa, chaynash samarasiz bo‘ladi va bu organizmning hazm qilish tizimi hamda metabolizmga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Quyidagi holatlar sizda kuzatilsa, stomatologga murojaat qilishingiz lozim:
  • Qattiq mahsulotlarni chaynash qiyin bo‘lsa;
  • Faqat bir tomonda chaynash odati shakllangan bo‘lsa;
  • Jag‘ so‘zlaydigan bo‘lib qolgan yoki og‘riq his qilinsa;
  • Tishlar notekis bo‘lsa.

Har bir ovqatlanishni ongli ravishda, shoshmasdan va yaxshi kayfiyatda amalga oshiring. Bu nafaqat organizmingizning sog‘lom bo‘lishiga, balki tashqi ko‘rinishingiz va emotsional holatingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri ovqatlaning va sog‘lom bo‘ling!

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro
Sport 16:11, 21-05-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025