Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+11°
дымка ветер 1 м/с, З

Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

Iqtisodiyot
135

Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
18 aprel, juma kuni Rossiya rublining dollar va yuanga nisbatan kursi 2023 yil iyunidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Moskva birjasi saytidagi ma’lumotlarga tayanib, DW xabar berdi.

AQSH sanksiyalari tufayli ushbu platformada dollar va yevro bilan savdo qilish 2024 yilning iyunidan to‘xtatilgan. Biroq Moskva birjasi indikativ valyuta kurslarini e’lon qilishda davom etyapti. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 18 aprel kuni bir AQSH dollarining nisbatan kursi 82,02 rublni tashkil qilgan.

2025 yilda rubl keskin mustahkamlandi

2024 yil noyabr oyi oxirida Rossiya valyutasi bir dollar uchun deyarli 110 rublgacha qadrsizlangandi. 2025 yil boshida bir dollar 101,6 rublga teng bo‘lgan bo‘lsa, Jo Bayden ma’muriyatining Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalar kiritishi fonida stavka 15 yanvarda joriy yildagi eng maksimal nuqta – 103,4 rublgacha yetdi. Biroq Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng rubl kursi barqarorlasha boshladi. Bu vaqt ichida rubl dollarga nisbatan 30 foizga mustahkamlandi.

Yil boshida yuan kursi 13,94 rublni tashkil etgan bo‘lsa, 18 aprelga kelib bu ko‘rsatkich 11,16 rublgacha yoki 20 foizga pasaydi. Yil boshida yevro kursi 106,25 rubl bo‘lgan bo‘lsa, 18 aprelga kelib 93,25 rublga yoki 12,25 foizgacha tushdi.

Dollarning rublga nisbatan joriy kursi 2023 yil iyunidan beri, yuanga nisbatan esa 2023 yilning mayidan beri eng past ko‘rsatkichdir. Yevro ham 2025 yilning fevral va mart oylarida rublga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan.

Bloomberg: Rubl oltindan ham foydaliroq bo‘ldi

Bloomberg‘ning 15 aprel kuni xabar berishicha, xalqaro birjadan tashqari bozorda rubl 2025 yil boshidan beri dollarga nisbatan 38 foizga mustahkamlanib, dunyodagi eng tez o‘sayotgan valyutaga aylangan. Bu davr mobaynida oltin narxining oshishi 23 foizni tashkil etgan.

Bloomberg‘ga ko‘ra rubl kursining mustahkamlanayotganiga Rossiya Markaziy bankining asosiy stavkani 21 foizlik darajada ushlab turgani yordam beryapti, bu inflyatsiyaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, boshqa rivojlanayotgan bozor valyutalaridan farqli o‘laroq, rubl global sarmoyadorlarning xavfli aktivlarni tark etishi natijasida kapitalning chiqib ketishi bosimini boshdan kechirmayapti, chunki ularning aksariyati Rossiyani allaqachon tark etib bo‘lgan.

Agentlikning qayd etishicha, valyutaning mustahkamlanishi Kreml uchun yoqimsiz hodisa bo‘lishi mumkin, chunki bu xorijiy valyutada olinadigan energiya daromadlarini kamaytiradi va mamlakat ichida resurslarni ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi. Ukrainadagi urush va ijtimoiy dasturlar uchun rubl ajratish hajmi ham ortadi.

Rubl kursining barqarorlashuviga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

Geosiyosiy optimizm. Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarning boshlanishi, amerikaliklar va Ukraina rasmiylari o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha aloqalar xorijiy investorlarning Rossiya fond bozoriga kapital kiritishini rag‘batlantiryapti. Shuningdek, AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish rejasini tayyorlayotgani haqidagi xabarlar ham paydo bo‘lgandi.

Rossiya Markaziy banki oxirgi hisobotida ham rublning mustahkamlanishiga ta’sir qilayotgan asosiy omillardan biri sifatida geosiyosiy keskinlikning pasayishi bo‘yicha ijobiy kutilmalar keltirilgan.

Valyuta tushumlarining ko‘payishi. Fevral oyida Rossiyaning eng yirik eksportchilaridan 29 ta kompaniyaning sof savdosi yanvar oyiga nisbatan 25 foizga oshgan va 12,4 milliard dollarni tashkil etgan. Natijada moliya bozorida rubl aktivlariga nisbatan talab oshgan.

Mavsumiy talabning pasayishi. Market Power loyihasi tahlilchilarining qayd etishicha, birinchi chorakda valyutaga bo‘lgan talab ham import qiluvchilar, ham aholi o‘rtasida past bo‘ladi. Bu davrda tashqi qarzni to‘lash uchun xorijiy valyutaga bo‘lgan ehtiyoj ham yilning boshqa davrlariga nisbatan kamayadi.

Jahon bozorida dollar kursining zaiflashishi. Mart oyida Amerika valyutasi nafaqat rubl, balki boshqa valyutalarga nisbatan ham zaiflashdi. Global miqyosida dollarga bo‘lgan talab AQSH iqtisodiyoti istiqbollari haqidagi xavotirlarning kuchayishi tufayli pasaygan. Bozordagi sarosimaga Donald Trampning boj urushi asosiy sabab bo‘ldi. Amerika prezidenti joriy qilgan yuqori tariflar natijasida iqtisodiyotda retsessiya boshlanishi istisno etilmayapti.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Bugungi valyuta almashtirish shahobchalaridagi eng yaxshi kurslar Bank.uz saytida e'lon qilindi
Bugungi valyuta almashtirish shahobchalaridagi eng yaxshi kurslar Bank.uz saytida e'lon qilindi
Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda valyuta almashinuvida eng foydali kurslar quyidagi banklarda taqdim etilmoqda. AQSH dollari (USD) sotib olishda eng arzon kurs Xalq Banki
Iqtisodiyot 19:01, 29-10-2025
Eng yaxshi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlari bo'yicha yangilik
Eng yaxshi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlari bo'yicha yangilik
Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda valyuta almashtirish shahobchalarida eng foydali kurslar quyidagicha shakllangan. AQSH dollari, Rossiya rubli, Yevro va Qozoqiston tengesi
Iqtisodiyot 13:01, 28-10-2025
Eng yaxshi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra bugungi takliflar
Eng yaxshi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra bugungi takliflar
Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda valyuta almashtirish shahobchalarida eng foydali kurslar quyidagicha shakllangan. AQSH dollari, Rossiya rubli, Yevro va Qozoqiston tengesi
Iqtisodiyot 00:01, 23-10-2025
Bugungi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra eng yaxshi almashtirish shahobchalari
Bugungi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra eng yaxshi almashtirish shahobchalari
Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda valyuta almashtirish shahobchalarida eng foydali kurslar quyidagicha shakllangan. AQSH dollari, Rossiya rubli, Yevro va Qozoqiston tengesi
Iqtisodiyot 08:01, 20-10-2025
Bugungi valyuta kurslari: eng yaxshi sotib olish va sotish banklari ma'lumotlari
Bugungi valyuta kurslari: eng yaxshi sotib olish va sotish banklari ma'lumotlari
Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda valyuta almashtirish shahobchalarida eng qulay kurslar quyidagi banklarda taqdim etilmoqda. AQSH dollari, Rossiya rubli, Yevro va
Iqtisodiyot 01:01, 17-10-2025
Eng yaxshi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra bugungi kurslar
Eng yaxshi valyuta kurslari: Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra bugungi kurslar
Bank.uz sayti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda valyuta almashtirish shahobchalarida eng foydali kurslar quyidagicha taqdim etilmoqda. AQSH dollari, Rossiya rubli, Yevro va Qozoqiston
Iqtisodiyot 01:01, 10-10-2025