Bugun
Eron terma jamoasi Kosta-Rikani besh gol bilan mag‘lub etdi
+27°
облачно с прояснениями ветер 2.1 м/с, СЗ

“Anora” filmi yulduzi va “Oskar” sovrindori: Mayki Medison aslida kim?

Madaniyat
185

“Anora” filmi yulduzi va “Oskar” sovrindori: Mayki Medison aslida kim?
Mayki Medison aktrisalik faoliyatining boshidanoq qisqa vaqt ichida yulduzga aylandi va “Oskar” mukofoti poygasida hatto Demi Murni ortda qoldirdi. Quyida aktrisa haqidagi ba’zi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Medison 1999 yilning 25 martida dunyoga kelgan. U Los-Anjeles shahridan bo‘lib, San-Fernando vodiysida ulg‘aygan. Uning ota-onasi psixolog. Medison oiladagi besh farzandning biri, uning egizak akalari, yana bir akasi va ikkita singlisi bor.

2024 yil sentyabr oyida The Cut nashriga bergan intervyusida u 7-sinfni tugatgach, uyda ta’lim olishga o‘tganini aytadi. Bu Medisonga sevimli mashg‘uloti — ot sportiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi. Avgust oyida u Esquire nashriga onasi ham, buvisi ham ot minganini, shu sababli u “yurishni o‘rganishdan avval” ot minganini so‘zlab beradi.

“Men kun bo‘yi otxonada bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun uyda ta’lim olishga o‘tdim,” deydi u. “Menga otxonaga borish va otlarni parvarish qilish bilan bog‘liq jarayon yoqardi, lekin bu o‘ziga xos yakkalanishga olib keladigan sport turi. Men boshqa yo‘nalishni tanlashim kerakligini his qildim”.

Hammasi onasi uni aktyorlik kurslariga yozdirib kelganidan keyin boshlandi. Onasi Maykini qo‘llab-quvvatlar, kastinglarga olib borar va rollarni o‘rganishida yordam berardi.

“Ular sahnadagi eng sevimli partnyorim. Oyijon, sizni juda yaxshi ko‘raman”, deydi Mayki.

Aktrisa qaysi filmlarda rol o‘ynagan?

Medison 14 yoshidan boshlab kinoda suratga tusha boshlagan. Ma’lum muddat qisqa metrajli filmlarda rol o‘ynagan aktrisa 2017 yilda ekranlarga chiqqan “Liza, Liza, kulrang osmon” nomli to‘liq metrajli filmda ilk bor rol ijro etgan. 2016 yilda qahramonimiz “Hammasi yaxshilikka” serialida Pamela Adlonning o‘smir qizi rolini 2022 yilda serial yakunlangunga qadar ijro etgan.

Yanvar oyida u Cut nashriga bergan intervyusida bu dramani “aktyorlik san’atiga kirish va haqiqiy kino maktabi bo‘ldi” deb ta’riflaydi.

Uning filmografiyasi Kventin Tarantinoning “Bir paytlar Gollivudda” filmida Menson oilasi a’zosi Syuzan “Seydi” Atkins rolini ijro etishi va 2024 yilda efirga uzatilgan “Ko‘ldagi ayol” mini-serialida rol o‘ynashi bilan boyidi.

2022 yilda yulduz “Qichqiriq” franshizasiga Ember Frimen rolini ijro etadi.

U “Anora”ga qanday kelib qoldi?

Ssenariy muallifi va rejissyor Shon Beyker Medisonni “Bir paytlar Gollivudda” filmida ko‘rib, kinoteatrdayoq aktrisa bilan bog‘langan. U “Anora” filmining ssenariysini yozayotganda bosh rolni aynan Medison ijro etishini ko‘zda tutgan.

Beyker uni kastingsiz rolga tasdiqlagan. Aytgancha, Mayki ham ssenariyni o‘qimasdan, rolni qabul qilgan.

“Men ssenariyni o‘qishdan oldin rozilik bildirganman”, deya u Cut nashriga aytib o‘tgan. “Shon Beykerning har qanday loyihasida ishtirok etishni istardim”.

Ushbu rol uchun Medison rus tilida gapirishni o‘rganadi. “Anora” filmi bruklinlik qiz haqida hikoya qiladi. U o‘zi ishlaydigan tungi klubdan ketish imkoniyatiga ega bo‘ladi — qiz rossiyalik oligarxning o‘g‘li bilan tanishib, unga turmushga chiqadi. Biroq bu xabar Rossiyaga yetib borgach, uning ertakdek hayoti barbod bo‘ladi va erining ota-onasi nikohni bekor qilishga urinadi.

Aktrisa haqida qiziqarli ma’lumotlar

Maykining Jem laqabli kuchukchasi va Biskvit nomli mushugi bor. Mayki ko‘p vaqtini ular bilan o‘tkazadi. Bundan tashqari, aktrisa bo‘sh vaqtida shirinliklar tayyorlashni yaxshi ko‘radi.

Medisonning aytishicha, u hayotda bosiq va kamtar inson — o‘zining jo‘shqin Anora obraziga umuman o‘xshamaydi.

“Men juda uyatchan edim. Birov bilan gaplashishga tortinardim. Maktabda darsda qo‘l ko‘tarishdan oldin ruhan tayyorlanishimga to‘g‘ri kelardi”, deb tan oladi Mayki.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda Navro'z sadolari xalqaro festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Toshkentda Navro'z sadolari xalqaro festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Toshkent shahrining zamonaviy va tarixiy madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Turkiston san'at saroyida Navro'z sadolari milliy cholg'u ko'p ovozli ansambl va orkestrlari
Madaniyat Kecha, 15:48
Sardor Mamadaliyev Sherali Jo'rayev qo'shiqlari uchun javobgarlikka tortildi
Sardor Mamadaliyev Sherali Jo'rayev qo'shiqlari uchun javobgarlikka tortildi
O'zbekistonlik mashhur xonanda Sardor Mamadaliyev marhum shoir va bastakor Sherali Jo'rayevga tegishli qo'shiqlarni kerakli ruxsatnomasiz ijro etgani uchun qonun doirasida
Madaniyat Kecha, 15:43
Ledi Gaga sahna nomining qiziqarli kelib chiqish tarixi
Ledi Gaga sahna nomining qiziqarli kelib chiqish tarixi
Oxirgi kunlarda butun dunyo bo'ylab mashhur pop-superulduz Ledi Gaga o'zining qirq yoshlik bayramini nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu san'atkorning hayoti va ijodi
Madaniyat Kecha, 07:48
San’atkorlar soliq yukidan to‘y daromadiga bog‘liq muammolarni aytmoqda
San’atkorlar soliq yukidan to‘y daromadiga bog‘liq muammolarni aytmoqda
O‘zbekistonlik xonanda Samandar Xamraqulov san’atkorlar uchun joriy etilayotgan soliq to‘lovlari haqida o‘z fikrini ijtimoiy tarmoqlarda bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning
Madaniyat 17:49, 30-03-2026
Rayhon aktrisa Yarasheva she'rlaridan yigirma qo'shiq yaratgan
Rayhon aktrisa Yarasheva she'rlaridan yigirma qo'shiq yaratgan
O'zbekiston xalq artisti va taniqli aktrisa Ra'no Yarasheva so'nggi paytlar bergan intervyularidan birida o'zining san'atdagi ilk qadamlarini va ijodiy faoliyatidagi noyob
Madaniyat 14:11, 30-03-2026
Manorama hind kino tarixida unutilmas qattiqqo‘l qaynona rolida
Manorama hind kino tarixida unutilmas qattiqqo‘l qaynona rolida
Hind kinosi tarixida ekran yuzida qisqa lahzalar ko‘rinib, tomoshabin qalbida chuqur iz qoldirgan aktrisalar bor. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shunday iste’dod egalari orasida “Zita va Gita”
Madaniyat 13:39, 30-03-2026