Bugun
Markaziy bank 1 million so'mlik pul haqida axborotni rad etdi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Turkiyada Usmon Azim haqida ilmiy kitob nashr etildi

Madaniyat
20
Turkiyada Usmon Azim haqida ilmiy kitob nashr etildi
Turkiyada o‘zbek shoiri Usmon Azim haqida ilmiy kitob nashr etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda asar muallifi, turk shoiri va adabiyotshunosi Fotih Sulton Yilmaz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Yilmazning "O‘zbek adabiyotining bir fidoiysi: Usmon Azim (davr, shaxsiyat, asar)" nomli ilmiy kitobi shoirning 75 yilligi munosabati bilan chop etildi.

Kitob uch bobdan iborat bo‘lib, birinchi va uchinchi boblarning muallifi Fotih Sulton Yilmazdir. Birinchi bobda Usmon Azimning adabiy portreti, ijodiy yo‘li va uning asarlaridagi g‘oyaviy yo‘nalishlar ilmiy uslubda tahlil qilinadi.

Ikkinchi bobda o‘zbek va turk adabiyotshunoslari tomonidan yozilgan maqolalar jamlangan. Ushbu maqolalar turk tiliga tarjima qilingan bo‘lib, turk o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

Uchinchi bobda esa muallif Toshkentda Usmon Azim bilan o‘tkazgan suhbatni keltiradi. Bu suhbatda shoirning turk va jahon adabiyotiga oid ilgari e’lon qilinmagan fikr va mulohazalari mavjud.

Fotih Sulton Yilmaz o‘z asarida nafaqat shoir ijodini, balki uning ichki dunyosini ham ochib beradi. Yilmazning ta’kidlashicha, bu kitob turk dunyosi adabiyoti uchun foydali bo‘ladi.

Shuningdek, u Usmon Azim she’rlarining turk tilidagi tarjimalarini "Sessızce oturdum dünya içinde" nomli alohida kitob sifatida "Bengü" nashriyotida nashr etdi. Ushbu to‘plamda shoirning ilk ijodiy davridan boshlab so‘nggi asarlargacha bo‘lgan she’rlari jamlangan.

Fotih Sulton Yilmaz 1995 yilda Trabzonda tug‘ilgan bo‘lib, turkiy xalqlar adabiyoti bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. U Abay Qo‘nanboyev haqida ham ilmiy asarlar yaratgan va o‘zbek, qozoq, qirg‘iz hamda ozarbayjon shoirlarining ko‘plab she’rlarini turk tiliga tarjima qilgan.

Usmon Azim zamonaviy o‘zbek poeziyasining yirik namoyandalaridan biridir. Uning "Holat", "Oqibat", "Ko‘zgu", "Jodu", "So‘ngso‘zlar" kabi asarlari o‘zbek adabiyotida chuqur iz qoldirgan.

Shoir 1998 yilda "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan va 3000 ga yaqin she’r muallifi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026