Bugun
O‘zbekiston valyuta kurslari o‘zgarishlari e'lon qilindi
+10°
пасмурно ветер 1.1 м/с, ЮВ

Afra Sarachog‘lu yangi serial bilan ekranlarga qaytadi: aktrisa “Pera” loyihasida bosh rolni ijro etadi

Madaniyat
158

Afra Sarachog‘lu yangi serial bilan ekranlarga qaytadi: aktrisa “Pera” loyihasida bosh rolni ijro etadi
“Qo‘rg‘on sirlari” nomli mashhur serial orqali jahonga tanilgan turkiyalik aktrisa Afra Sarachog‘lu tez orada yangi loyiha bilan ekranlarga qaytishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda taniqli turk jurnalisti Birsen Altuntash xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Qo‘rg‘on sirlari” seriali finalidan keyin qisqa muddatli ta’tilga chiqqan Sarachog‘lu prodyuser Onur Guvenatamning OGM Pictures kompaniyasi bilan yana hamkorlik qiladi. Aktrisa Disney Plus platformasi uchun maxsus ishlab chiqilayotgan “Pera” nomli serialning bosh qahramoni obrazini yaratishi kutilmoqda.

Yangi serialning rejissyorlik vazifasini Bahodir Karatash bajaradi. Loyiha ssenariysi esa Bashar Basharan tomonidan yozilgan bo‘lib, uning syujet yo‘nalishi mashhur “Truman shousi” filmining mavzusiga o‘xshash bo‘lishi aytilmoqda. Afra Sarachog‘lu esa ushbu serialda bosh qahramon – Pera rolini ijro etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa allaqachon loyihani ma’qullagan va shartnoma imzolash bosqichida turibdi.

Shu bilan birga, aktrisa may oyida mashhur turk yulduzi Engin Akyurek bilan birgalikda Global Tourism Promotion Platform Go Turkiye uchun tayyorlanayotgan reklama filmida ham suratga tushadi.

Aktrisaning ta’kidlashicha, u avval ham bir nechta yangi seriallardan takliflar olgan, ammo yakuniy qarorga hali kelmagan edi. Bu safar esa uning tanlovi aniq bo‘lib, suratga olish ishlari iyun oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. “Pera” serialining premerasi Disney Plus platformasida 2025 yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

G'ulomjon Yoqubov 76 yoshni qarshi oldi
G'ulomjon Yoqubov 76 yoshni qarshi oldi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 76 yoshga to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. San’atkorning muxlislari va ixlosmandlari uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ijtimoiy
Madaniyat Kecha, 22:04
Dilnoz ijodiy xarajatlarini ochiqchasiga oshkor qildi
Dilnoz ijodiy xarajatlarini ochiqchasiga oshkor qildi
Xonanda Dilnoz o'zining ijodiy faoliyati bilan bog'liq xarajatlar haqida intervyularidan birida ochiq gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, konsertlar
Madaniyat Kecha, 22:03
Aktrisa Marjona Mirzaliyeva 32 yoshga to‘ldi
Aktrisa Marjona Mirzaliyeva 32 yoshga to‘ldi
Aktrisa Marjona Mirzaliyeva 32 yoshga to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangilikni u Instagram sahifasiga joylagan videopostlari orqali e’lon qildi. Videolaridan birida
Madaniyat Kecha, 22:02
Yahyobek Mo‘minov yangi avtomobil sotib oldi
Yahyobek Mo‘minov yangi avtomobil sotib oldi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Yahyobek Mo‘minov yaqinda yangi avtomobil sotib olgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, u
Madaniyat Kecha, 14:18
Xonzoda Do'stova ona bo'lishdan keyingi o'zgarishlarni so'zladi
Xonzoda Do'stova ona bo'lishdan keyingi o'zgarishlarni so'zladi
Xonanda Xonzoda Do'stova Navo telekanalining "Navo mehmonda" dasturida ona bo'lganidan keyin hayotida yuz bergan o'zgarishlar haqida so'zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz
Madaniyat Kecha, 14:17