Bugun
Shomurodov Gabon ustidan qozonilgan g'alaba va jamoa holati haqida gapirdi
+20°
пасмурно ветер 2.2 м/с, В

Fuqaro o‘zi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday o‘rnatishi mumkin?

Oʻzbekiston
113
Fuqaro o‘zi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday o‘rnatishi mumkin?
Prezident tomonidan «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun imzolandi.

Jismoniy shaxs kredit bitimini uning ishtirokisiz yoki xabardorligisiz rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kredit byurosiga ariza berish yo‘li bilan u bilan kredit bitimi tuzishni taqiqlashi mumkin.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza murojaat asosida yozma yoki elektron shaklda YAIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali beriladi. Ushbu xizmat bepul taqdim etiladi.

Taqiqlash to‘g‘risidagi ariza kredit byurosi tomonidan darhol kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritiladi.

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestridan yoki bunday taqiqning olib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olmasdan turib kredit bitimini tuzish taqiqlanadi.

Shuningdek, kredit byurolariga ta’sir ko‘rsatish choralari yuzasidan qo‘shimchalar kiritilmoqda. Markaziy bank kredit byurolariga nisbatan quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi:

• kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik;
• kredit byurolari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzish;
• litsenziya soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

Qoidabuzarliklar aniqlanganda Markaziy bank quyidagi chora va sanksiyalarni qo‘llashga haqli:

• kredit byurolariga qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan, kredit byurolari xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborish;
• BHMning 5 ming baravari miqdorida jarima undirish.

O‘xshash yangiliklar

Apple va Google to'lov tizimlari O'zbekistonga kirib keldi
Apple va Google to'lov tizimlari O'zbekistonga kirib keldi
O'zbekiston hukumatining so'nggi qarori mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish yo'lida katta ahamiyatga molik qadamdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezidentning yangi
Oʻzbekiston Bugun, 23:33
Oila kodeksiga ajrashish muddatini bir yilgacha uzaytirish taklifi kiritildi
Oila kodeksiga ajrashish muddatini bir yilgacha uzaytirish taklifi kiritildi
O'zbekistonda Oila kodeksiga ajrashish jarayonini yakunlashdan oldin er-xotinlarga yarashish uchun ko'proq vaqt ajratish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda
Oʻzbekiston Bugun, 13:40
Yaqin kelajakda O'zbekistonda ob-havo sharoiti keskin o'zgaradi
Yaqin kelajakda O'zbekistonda ob-havo sharoiti keskin o'zgaradi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlarida O‘zbekistonning bir qator hududlarida ob-havo sharoitida o‘zgarishlar yuz beradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba’zi
Oʻzbekiston Bugun, 12:19
O'zbekistonda 27 mart ob-havosi: harorat va shamol o'zgaradi
O'zbekistonda 27 mart ob-havosi: harorat va shamol o'zgaradi
O'zbekiston gidromet xizmati 27 mart kuni mamlakat hududida kutilayotgan ob-havo sharoitlari haqida xabar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kun davomida hamma joyda havoning
Oʻzbekiston Kecha, 23:01
O'zbekistonda nikohdan bir yil ichida ajralishni cheklash taklif etildi
O'zbekistonda nikohdan bir yil ichida ajralishni cheklash taklif etildi
O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va yoshlar orasidagi ajralishlarning oldini olish maqsadida muhim qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oila
Oʻzbekiston Kecha, 22:25
Mirziyoyev va Rahmon strategik sheriklik bosqichiga qadimiy do'stlikni yangiladi
Mirziyoyev va Rahmon strategik sheriklik bosqichiga qadimiy do'stlikni yangiladi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi rahbari Emomali Rahmonning davlat tashrifi hamda ikki xalq o'rtasidagi uzoq yillik do'stlik an'analarini yanada
Oʻzbekiston Kecha, 19:24