Bugun
Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab umra safarlari to'xtatildi
+11°
пасмурно ветер 2.8 м/с, В

Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

Oʻzbekiston
143
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi
Senatning beshinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, muhokama qilingan qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Sud jarayonida ishtirok etayotgan guvoh o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatma bermaslik huquqi joriy etilyapti.

Qonun bilan sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turish, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi joriy qilinmoqda. Shuningdek, sudya vakolatiga va odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ularning hisobdor emasligi belgilanyapti.

Oliy sudning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasi aniqlashtirilib, faqat o‘z vakolatlari doirasida masalalar kiritishi ham ko‘rsatilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda 2026 yilda raqamli xizmatlar kengayadi
O‘zbekistonda 2026 yilda raqamli xizmatlar kengayadi
2026 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda qonunchilik va amaliyotning turli sohalarida yangi tartiblar kuchga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘zgarishlar raqamlashtirish, biznes,
Oʻzbekiston Bugun, 08:04
Toshkentda Sovuq Havo Oqimi Havoni Yomonlashtirmoqda
Toshkentda Sovuq Havo Oqimi Havoni Yomonlashtirmoqda
Toshkent shahri va viloyatida havo harorati pasayishi natijasida atmosferaning holati yomonlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. "O‘zgidromet" tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, 28
Oʻzbekiston Bugun, 07:53
Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab umra safarlari to'xtatildi
Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab umra safarlari to'xtatildi
Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo bo'shlig'ida joriy etilgan cheklovlar sababli bir qator aviareyslar to'xtatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu munosabat bilan,
Oʻzbekiston Bugun, 07:51
O'zbekistonda haftalik ob-havo: Yomg'ir va salqinlik kutilmoqda
O'zbekistonda haftalik ob-havo: Yomg'ir va salqinlik kutilmoqda
O'zbekistonda 2 martdan 8 martgacha bo'lgan hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchilik bilan kechadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Haftaning aksariyat kunlarida yomg‘ir yog‘ishi
Oʻzbekiston Bugun, 07:40
O‘zbekiston fuqarolariga Isroil-Misr chegarasida ogohlantirish berildi
O‘zbekiston fuqarolariga Isroil-Misr chegarasida ogohlantirish berildi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi navbatdagi rasmiy ogohlantirishni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil va Misr o‘rtasida joylashgan
Oʻzbekiston Bugun, 07:18
O'zbekistonda 2-mart kuni ob-havo turlicha bo'ladi
O'zbekistonda 2-mart kuni ob-havo turlicha bo'ladi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 2-mart kuni mamlakatimizda ob-havo sharoiti turli xil bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba'zi
Oʻzbekiston Bugun, 07:10