Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Yangi Toshkentda universitet va kutubxona quriladi

O‘zbekiston
28
Yangi Toshkentda universitet va kutubxona quriladi
Yangi Toshkent shahri hududini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu strategiya doirasida ta’lim klasteri qurilishi alohida e’tiborda. Mazkur klasterning asosiy qismi sifatida 2021 yildan faoliyat olib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti kampusi ajratilgan.

Ushbu kampus uchun 200 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda upl.uz xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, universitet uchun 50 gektarlik yer maydoni ajratiladi. Bu hududda 10 ming nafar talaba o‘qishi uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilmalar quriladi.

Qurilish ishlarini turkiyalik “O‘zg‘ven” kompaniyasi amalga oshirmoqda. Loyihaga ko‘ra, barcha inshootlar 2027 yilga qadar foydalanishga topshiriladi.

Universitet shaharchasi beshta fakultet binosi, rektorat uchun ma’muriy bino, muzey, ko‘rgazma zallari va multimedia xonalarini o‘z ichiga oladi. Kutubxona bir vaqtning o‘zida mingdan ortiq tashrifchini qabul qila oladi.

Shuningdek, kampusda sport va ijtimoiy infratuzilmalar ham barpo etiladi. Jumladan, 2 ming kishilik turar joylar, oshxonalar, suzish havzasi va 1 ming o‘rinli sport majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.

Universitet yonida joylashgan 4 gektarlik hududda esa O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosi qurilmoqda. To‘rt qavatli ushbu bino 30 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘ladi.

Loyiha milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtiradi. Kutubxonada kitoblarni xavfsiz saqlash, sterilizatsiya qilish hamda elektron bazalarga kirish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Shu bilan birga, ko‘rishida muammosi bor fuqarolar uchun maxsus o‘quv zonalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Yangi kutubxona RFID texnologiyasiga asoslangan “aqlli” javonlar bilan jihozlanadi.

Ushbu tizim kitoblarning joylashuvini real vaqt rejimida aniqlab, qidiruv jarayonini osonlashtiradi. Loyiha doirasida tashrif buyuruvchilar uchun dam olish hududlari, sport maydonchalari va kafe ham quriladi.

Shu tariqa, ushbu yangi majmualar nafaqat ta’lim va ilm-fan rivojiga, balki madaniy hayotning boyishiga ham hissa qo‘shadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026