Bugun
Dollar kursi pasaydi: banklardagi eng qulay narxlar
+16°
пасмурно ветер 2.2 м/с, ЮВ

Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi

Oʻzbekiston
21
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Toshkent xalqaro aeroportida «Qo‘noq» brendi ostidagi kapsula mehmonxona rasman ochildi, deb Uzbekistan Airports xabar qildi. Mehmonxona terminalning ro‘yxatdan o‘tish (registratsiya) zonasida — nosteril hududda joylashgan. Endi yo‘lovchilar o‘z reysini kutayotganda qulay dam olish imkoniyatiga ega.

Mini-otelda 6 ta zamonaviy kapsula mavjud: 4 ta standart bir kishilik va 2 ta oilaviy (ikki kishilik) kapsula.

Har bir kapsula — shovqinga chidamli, yopiq va shaxsiy hudud bo‘lib, unda ortopedik matrasli qulay to‘shak, yotoq jihozlari, individual shamollatish tizimi, sozlanadigan yoritish, elektr rozetkalar va USB-portlar mavjud. Mehmonlar uchun shuningdek, shaxsiy seyf, ko‘zgular, kiyim ilgich va soatli ekran ham taqdim etilgan. Kapsulada optimal mikroiqlim saqlanadi.

Tariflar:

Yakka kapsula:
. 4 soatgacha – 400 000 so‘m
. 6 soatgacha – 600 000 so‘m
. 8 soatgacha – 800 000 so‘m

Oilaviy kapsula:
. 4 soatgacha – 600 000 so‘m
. 6 soatgacha – 800 000 so‘m
. 10 soatgacha – 1 000 000 so‘m

Bu xizmat tranzit yo‘lovchilar yoki reysdan oldin bir necha soat oldin kelgan mehmonlar uchun juda qulay yechim hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Qo‘noq» brendi ostidagi yana bir mehmonxona Toshkent aeroportining sterillangan zonasida allaqachon ikki yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.


O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 25 fevral
Bugungi reyslar jadvali — 25 fevral
Bugungi kunning reyslari doirasida jami 35 ta parvoz amalga oshiriladi. Eng erta jo‘nash vaqti soat 06:40 da belgilangan bo‘lsa, kechki soat 23:05 da oxirgi samolyot uchadi, deb xabar berdi
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 25-fevral uchun bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 20:22
Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kutilmagan, ammo yoqimli bir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan 4-sinf
Oʻzbekiston Kecha, 19:52
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa
Oʻzbekiston Kecha, 19:18
“Ko‘mak” dasturi: chekka hududlarda yangi imkoniyatlar
“Ko‘mak” dasturi: chekka hududlarda yangi imkoniyatlar
Bugungi kunda “Ko‘mak” dasturi orqali chekka va olis hududlarda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida 130 million
Oʻzbekiston Kecha, 18:34
Yoshlar uchun kredit, stajirovka va biznes markazlar!
Yoshlar uchun kredit, stajirovka va biznes markazlar!
Joriy yildan boshlab yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 yil
Oʻzbekiston Kecha, 18:30