O‘zgidromet: Mart oyi boshida biroz sovuq bo‘ladi, keyin kunlar isiydi

Oʻzbekiston
111

O‘zgidromet: Mart oyi boshida biroz sovuq bo‘ladi, keyin kunlar isiydi
O‘zbekiston bo‘yicha mart oyining birinchi o‘n kunligi boshida nisbatan sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, harorat kechalari -3 daraja sovuq va +2 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari +7+10 daraja iliqdan 0+3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

2-3 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Respublika shimolida 1 mart kuni qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -2-7 daraja sovuqdan -7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqdan +3+8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Birinchi o‘n kunlikning ikkinchi yarmida havo harorati me’yoriy qiymatlargacha – kechalari +3+8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +10+15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

8-10 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yana yog‘ingarchilik (yomg‘ir ko‘rinishida) bo‘lishi kutilmoqda.

Keyinchalik mart oyining oxirigacha harorat kechalari +7+12 daraja iliqdan -2 daraja sovuq +3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +17+22 daraja iliqdan +5+10 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublika janubida eng iliq kunlarda havo harorati +25+27 darajaga ko‘tariladi.

Jahon prognozlash markazlari hisoblariga asoslanib, «O‘zgidromet»ning dastlabki hisoblariga ko‘ra, umuman mart oyi biroz iliq bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Yangi Toshkent futbol stadionining qurilish holatini ko'rib chiqdi
Prezident Yangi Toshkent futbol stadionining qurilish holatini ko'rib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o'tgan 24 mart kuni Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan zamonaviy futbol stadionining holatini o'z ko'zi bilan ko'rib chiqdi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Bugun, 00:59
Yangi Toshkentda zamonaviy favvora majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda
Yangi Toshkentda zamonaviy favvora majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududida qurilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy favvora majmuasi loyihasi bilan chuqur tanishdi va tadbirkorlar hamda
Oʻzbekiston Kecha, 20:39
Sirdaryo va Qozog'iston chegarasida avtomobillar harakati rasman tiklandi
Sirdaryo va Qozog'iston chegarasida avtomobillar harakati rasman tiklandi
O'zbekiston va Qozog'iston davlatlarini bog'laydigan muhim yo'l bo'lgan Sirdaryo viloyatidagi chegara nuqtalarida yangi davr boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 19:21
O'zbekistonda ob-havo sharoiti o'zgaruvchan bo'ladi
O'zbekistonda ob-havo sharoiti o'zgaruvchan bo'ladi
Yigirma besh mart kuni O'zbekiston hududida ob-havo sharoiti o'zgaruvchan bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba'zi viloyatlarda quyoshli va iliq havo hukm sursa,
Oʻzbekiston Kecha, 18:39
Ish haftasi oxirida O'zbekistonda issiq ob-havo hukm suradi
Ish haftasi oxirida O'zbekistonda issiq ob-havo hukm suradi
Ish haftasining oxirgi kunlarida O'zbekiston hududining katta qismida asosan quyoshli va quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zgidromet xabariga
Oʻzbekiston Kecha, 15:42
Yakuniy attestatsiyada xorijiy til sertifikatlari tan olinadi
Yakuniy attestatsiyada xorijiy til sertifikatlari tan olinadi
Adliya vazirligi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilovchi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda
Oʻzbekiston Kecha, 14:19