Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 fevral
+9°
пасмурно ветер 2.6 м/с, С

Angliyalik ekspertlar Husanovning o‘yinini qanday baholadi?

Sport
111

Angliyalik ekspertlar Husanovning o‘yinini qanday baholadi?
Angliya Premer-ligasining 28-turini uchinchi o‘rinni talashayotgan jamoalar – “Nottingem Forest” va “Manchester Siti” boshlab berdi.

Garchi o‘yin davomida Xosep Gvardiola shogirdlari ustunlik qilgan bo‘lsa-da, g‘alaba “o‘rmonchilar”ga nasib qildi. Mezbonlar Yoshko Gvardiol va Edersonning bo‘shroq zonasidan foydalanib, g‘alaba to‘pini kiritdi.

Abduqodir Husanov bu bahsda ham to‘liq harakat qildi. Legionerimiz maydonda eng yaxshi o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Angliya futbolini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk portali ekspertlari “shaharliklar”ning harakatlarini 10 balli tizimda quyidagicha baholadi.

Ederson – 5:
Uchrashuvning 66-daqiqasida Kallum Xadson-Odoining xavfli zarbasini qaytardi. Biroq keyingi vaziyatda shu hujumchi darvozabonning yaqin burchagiga gol urib ketdi.

Mateush Nunesh – 6:
O‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlay olmadi. Bir necha shubhali qarorlarni qabul qildi. Himoyaga nisbatan yarim himoyada yaxshiroq o‘ynadi. Oqibatda o‘rnini Riko Lyuisga bo‘shatib berdi.

Abduqodir Husanov – 8:
Husanov hammani hayratga solishda davom etmoqda va maydonda “Manchester Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Umuman olganda, o‘zbek futbolchisi yanvarda jamoaga kelganidan beri himoyadagi ishonchli o‘yini bilan Xosep Gvardiolaning ishongan himoyachisiga aylanib bormoqda.

“Nottingem Forest” bilan bo‘lgan bahsda ham Abduqodirdan to‘pni olib qo‘yish, ishonchli himoyalanish, uzoq masofalarga aniq paslar seriyasini ko‘rdik. Raqib hujumchilari Xadson-Odoi va Kris Vud Husanovdan umuman o‘tolmadi.

Ruben Diash – 7:
O‘ziga ishongan holda ancha xotirjam harakat qildi. Gol urilgan vaziyatda Xadson-Odoini to‘xtatib qololmadi.

Yoshko Gvardiol – 7:
Raqib gol urgan vaziyatda hujumchiga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi. Biroq uchrashuv davomida hujum tashkil qilishda ham faollik ko‘rsatdi. Doku, Savino va Silva bilan chap qanotda turli kombinatsiyalar uyushtirdi.

Bernardo Silva – 6,5:
Avvaliga o‘z qanotida raqib himoyasini yorib o‘tolmadi. Maydonga Kevin de Bryuyne tushganidan keyin o‘yini ochildi.

Niko Gonsales – 6:
Maydon markazida “o‘rmonchilar”ni to‘xtatishga harakat qildi. Lekin “Oltin to‘p” sohibi Rodrining darajasiga yetishiga ancha bor ekan.

Savino – 6:
Markaziy hujumchi Erling Xolandga birorta qulay pas uzata olmadi.

Fil Foden – 6:
O‘yin boshidayoq gol urish uchun imkoniyat bo‘lgandi. Biroq keyingi paytda Foden o‘yinlarda “yo‘qolib” qolmoqda.

Jeremi Doku – 7:
“Manchester Siti” hujum chizig‘idagi eng yorqin o‘yinchilaridan biri bu gal o‘z mahoratini ishga sola bilmadi.

Erling Xoland – 6,5:
Norvegiyalik to‘purar raqib himoyachilaridan o‘tishni uddalay olmadi. Harakatlari samarasiz ketdi va u maydonni quruq tark etdi.

Riko Lyuis – 6:
Zahiradan o‘yinga qo‘shilib, o‘ng qanotdan joy oldi. Lekin uning harakatlari ham raqib himoyasidan o‘tishga kamlik qildi.

Mateo Kovachich – 6,5:
O‘yin oxirida jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarishga yaqin kelgandi. U yo‘llagan zarba darvoza ustuniga yaqinlashganda yon tomonga burilib ketdi.

Kevin De Bryuyne – 6:
Maydonga tushishi bilan jamoasi hujumlarini tashkil qilishga kirishdi. Lekin shu kuni “o‘rmonchilar” yaxshi himoyalandi.

Umar Marmush – 6,5:
O‘yinga qo‘shilgani bilindi. Xolandga gol urishi uchun vaziyat yaratib berishga harakat qildi.

Ta’kidlash joizki, bu mag‘lubiyatdan keyin “Manchester Siti” uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini boy berdi. Mavsum oxirigacha Xosep Gvardiola shogirdlari Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardagi joyini saqlab qolish uchun kurashishga majbur.

O‘xshash yangiliklar

Dana Uayt boks tarixidagi eng buyuk to‘rtlikni aytdi
Dana Uayt boks tarixidagi eng buyuk to‘rtlikni aytdi
UFC va ZUFFA tashkilotlari rahbari Dana Uayt boks tarixidagi eng buyuk to‘rt nafar afsonaviy sportchi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uayt bu borada faqat sportchilar
Sport 20:41, 4-02-2026
O‘zbekiston o‘q otuvchilari Osiyoda ikki oltin oldi
O‘zbekiston o‘q otuvchilari Osiyoda ikki oltin oldi
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu musobaqalar o‘zining nozik jihatlari va
Sport 19:37, 4-02-2026
N’Golo Kante «Fenerbahche»ga o‘tishi kutilmoqda
N’Golo Kante «Fenerbahche»ga o‘tishi kutilmoqda
Turkiya futbolida yana bir diqqatga sazovor yangilik yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xabarlarga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an fransiyalik tajribali futbolchi N’Golo
Sport 18:51, 4-02-2026
Gvardiola: Mojarolar hammamizga daxldor muammo!
Gvardiola: Mojarolar hammamizga daxldor muammo!
“Manchester Siti” jamoasining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nafaqat sport, balki ijtimoiy va siyosiy masalalarga ham befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U
Sport 15:13, 4-02-2026
“Manchester Siti” final sari: Husanovga katta ishonch
“Manchester Siti” final sari: Husanovga katta ishonch
Angliya Liga kubogi, ya’ni Karabao kubogida hal qiluvchi bosqich yaqinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Manchester Siti” yarim final javob uchrashuvida o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul
Sport 15:01, 4-02-2026
Ronaldu "An-Nasr"da qolishi kutilmoqda: kelishuv yaqin
Ronaldu "An-Nasr"da qolishi kutilmoqda: kelishuv yaqin
Krishtianu Ronaldu va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi atrofidagi vaziyat o‘z yechimini topishga yaqinlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Insayder Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra,
Sport 14:39, 4-02-2026