Bugun
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
+11°
пасмурно ветер 1.2 м/с, СВ

Ilyos Zeytullayev: Barchamiz "Bunyodkor"ni avvalgi darajasiga qaytarish yo‘lida ishlayapmiz

Sport
128
Ilyos Zeytullayev: Barchamiz "Bunyodkor"ni avvalgi darajasiga qaytarish yo‘lida ishlayapmiz
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barchaga xayrli kech. Zo‘r atmosfera uchun futbolchilarga va muxlislarga raxmat. Bugungi uchrashuvda jamoamiz a’zolari mas’uliyatni his qilgan holda harakat qilishdi. Natija uchun javobgar ekanimizni barchamiz yaxshi tushunib turgandik. Oson o‘yin bo‘ldi deya olmayman, har ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi. "Sho‘rtan" jamoasiga navbatdagi bahslarda muvaffaqiyat tilayman.

- "Bunyodkor" tarkibidagi legioner jalb etilishi haqida aytib bersangiz...
- Bizda seleksiya ishlari doimiy davom etadi. Mavsum oldidan bir qator legioner futbolchilar jamoamizda ko‘rikdan o‘tishdi. Bizga sifatli futbol namoyish etadigan legionerlar zarur edi. Kachorri dubl qayd etganidan xursandman. Legioner yoki mahalliy futbolchi bo‘lishi ahamiyatsiz, muhimi jamoamizga nafi tegishi kerak.

- "Sho‘rtan" siz kutganchalik qarshilik ko‘rsata oldimi?
- Jamoani yaxshi o‘rganib chiqqandik. Bu jamoa tarkibida bitta vaziyatdan unumli foydalanib keta oladigan ijrochilar bor. Ehtiyotkorlik har doim futbolning ajralmas qismi. Mavsum endigina boshlandi, hozircha xulosalar uchun erta.

- "Bunyodkor"ning yorqin davrlarini yaxshi eslaymiz. Jamoa qachon yana o‘sha darajasiga qaytishi mumkin?
- Zo‘r savol. "Bunyodkor"da yorqin tarix bor. Biz barchamiz hozir jamoani avvalgi davrlariga qaytarish yo‘lida ishlayapmiz. O‘tgan mavsumlarda klub anchayin inqirozlarni boshdan o‘tkazdi. Yoshlar bizning kelajagimiz, biz o‘yindan-o‘yinga o‘sib borishimiz kerak.

- Bugungi o‘yin darajasidan qoniqdingizmi?
- Albatta, natijadan kelib chiqsa, qoniqish mumkin. Safarda g‘alaba qayd etilishi yoqimli holat. Lekin mavsumning boshi bo‘lgani sabab kichik xatolar ham ko‘zga tashlanib turibdi.

- Italiya futboli himoyaviy futbolga asoslanadi. Murabbiylar shtabingizda italiyalik mutaxassislar bor. Lekin "Bunyodkor" ko‘proq hujumkor futbol o‘ynamoqda. Siz raqibga qarab o‘yin qurasizmi yoki joriy mavsum hujumkor futbolni maqsad qilganmisiz?
- Hozir hamma futbol o‘ynashni biladi. Jismoniy imkoniyatlardan kelib chiqib harakat qilishimiz kerak. Har bir o‘yin raqibdan kelib chiqqan holda quriladi. Hujumkorlik bizning asosiy maqsadlarimizdan biri, shu orqali g‘alabalarga erishishimiz mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23