Bugun
17-dekabr: O‘zbekistonda yomg‘ir, tuman va sovuq kutilmoqda
+6°
туман ветер 1 м/с, С

O‘zbekistonlik bokschi qizlardan tarixiy natija!

Sport
119
O‘zbekistonlik bokschi qizlardan tarixiy natija!
Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z tarixida ilk bor 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

-66 kg vazn toifasining final jangida Navbahor Hamidova Olimpiada va jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shunday bo‘lsa ham, u kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiliklarining finalida ringga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi.

Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchilar:

Kumush medal:
-66 kg: Navbahor Hamidova

Bronza medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar