Bugun
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
+11°
пасмурно ветер 1.2 м/с, СВ

Sergey Lushan: "O‘yinning so‘nggi qismida faollashishimiz taktika bilan bog‘liq holat edi"

Sport
114
Sergey Lushan: "O‘yinning so‘nggi qismida faollashishimiz taktika bilan bog‘liq holat edi"
Superliga 2-tur doirasidagi "So‘g‘diyona" — "Navbahor" (2:3) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Futbolda kim ko‘p gol urgan bo‘lsa, o‘sha g‘alabaga erishadi. O‘yin menga yoqdi, futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Menimcha o‘yinimiz muxlislarga ham manzur keldi deb o‘ylayman. Ehtimol durang natija adolatli bo‘lardi, ammo biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalandik. Raqibda ham ikkita imkoniyat bor edi, ammo ular undan gol ura olishmadi. Bu — futbol.

— FIFAning ta’qiqi sizlarga qanday ta’sir qildi?
— Ichki gaplarni aytmayman. Bizning jamoamiz mutlaq yangi. O‘tgan yilgi tarkibdan faqat ikki kishi bor. O‘zbekistondagi barcha o‘z tarkibini saqlab qoldi, ammo bizda vaziyat boshqacha. Imkoniyatimizdan kelib chiqib sifatli o‘yinchilarni oldik. Qayerdadir o‘xshamoqda, qayerdadir esa yo‘q. Mudofaa va hujumda muammolarimiz bor. Ishlashda davom etamiz.

— Alisher Odilov va Ruslan Jiyanov zahiradan o‘yinga qo‘shildi. Bu taktik qarormidi yoki ular 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emasmidi?
— Bu ko‘proq taktik qaror edi. Ularga so‘nggi 30 daqiqada o‘yinni kuchaytirish kerakligini aytdim. O‘tgan o‘yinda bosim qila olmadik. Bu o‘yinda esa birinchi bo‘limda mudofaadan o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa yosh va tezkor o‘yinchilarni tushirdik. Doim ham bunday taktika qilamiz deya olmayman, ammo bugun ushbu rejamiz amalga oshdi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23