
Mashhur murabbiy Dmitriy Cheryshev Moskvaning “Spartak” jamoasi bosh murabbiyi Deyan Stankovichning kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi.
Cheryshevning aytishicha, serbiyalik mutaxassis o‘z xohishi bilan klubdagi lavozimini tark etmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Stankovichga ishonch bildirilyapti.
Murabbiyning o‘zi ham iste’foga chiqishini aytishi ehtimoldan yiroq. Cheryshev bu fikrga ishonmasligini ta’kidlab, shartnomani bekor qilish moliyaviy tomondan ham muhimligini qayd etdi.
Shu sababli, u shartnoma muddati tugaguniga qadar ishlashda davom etadi. Eslatib o‘tamiz, joriy haftada “Spartak” safarda o‘tkazilgan poytaxt derbisida “Lokomotiv” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Hozirda Stankovich boshchiligidagi “Spartak” jamoasi chempionat jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. Navbatdagi turda Moskva klubi o‘z maydonida “Zenit” jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv shanba kuni, 16-avgust sanasida bo‘lib o‘tadi.