Bugun
Jony 30 Yoshda: Xonandaning Yangi Loyihalari Qiziq Uyg'otmoqda
+11°
пасмурно ветер 2.7 м/с, СЗ

San’at Shixov: "Ikkita o‘yindan keyin Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilamiz"

Sport
103
San’at Shixov: "Ikkita o‘yindan keyin Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilamiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga chiqadi.

Keyingi bahs Tehronda Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi. Aynan shu ikki o‘yinda qo‘lga kiritiladigan g‘alaba terma jamoamizni mundialga juda yaqinlashtiradi. Mazkur o‘yinlar oldidan sobiq futbolchi San’at Shixovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Terma jamoamizdan birinchi navbatda hujumkor o‘yin kutmoqdaman, chunki ayni paytda barcha legionerlarimiz o‘zining optimal formasida. O‘ylaymanki, oldindagi ikki uchrashuvda g‘alaba qozona olamiz. Faqatgina fikrni bitta joyga qo‘yib diqqatni yo‘qotmaslik kerak. Xudo xohlasa, ikkita o‘yindan keyin Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilamiz.

Fikrimcha, katta o‘zgarishlar ko‘rmaymiz. Lekin hujumkorlik va to‘p nazorati yaxshilansa kerak. Qisqa fursatda nimanidir o‘zgartirish imkonsiz. Mayda detallar, standartlar, himoyadan hujumga chiqishdagi harakatlarni o‘zgartirish mumkin. Deyarli barcha futbolchilar Kapadze bilan avval ham ishlagan va murabbiyning talablarini yaxshi bilishadi. Muhimi hozirda hamma yigitlar formada. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Bu futbolchilarimiz vazifani uddasidan chiqishadi. Asosiysi o‘yin tempini belgilab beradigan futbolchilarimiz o‘zining optimal holatida. Shuning o‘zi yetarli bo‘lishi kerak", - deydi San’at Shixov.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23