Bugun
Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
+8°
пасмурно ветер 1.2 м/с, СЗ

Abduqodir Husanov transfer narxi keskin oshgan yosh himoyachilar orasida kuchli 2-o‘rinda!

Sport
175
Abduqodir Husanov transfer narxi keskin oshgan yosh himoyachilar orasida kuchli 2-o‘rinda!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov keyingi paytlarda asosiy tarkibda ko‘p ko‘rinmayotgan bo‘lsa-da, uning nomi xalqaro matbuot sahifalaridan tushmayapti.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli o‘zbek futbolchisini jamoadan qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Shu bois, klub rahbariyati Abduqodirni ijaraga yoki to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Unga qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Yuventus”, “Barselona” va “Tottenxem” kabi mashhur jamoalar bor.

Biroq, bu vaziyatlar fonida muxlislarni xursand qiladigan yangilik ham paydo bo‘ldi. Transferlarga ixtisoslashgan mashhur transfermarkt.co.uk portali 21 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli himoyachilarning joriy mavsumda transfer summasi eng ko‘p oshgan o‘yinchilar reytingini e’lon qildi.

E’tiborlisi, ushbu reytingda Abduqodir Husanov ikkinchi pog‘onani egalladi. Hamyurtimiz faqat "Barselona"ning iste’dodli futbolchisi Pau Kubarsidan ortda qoldi. Kubarsining transfer narxi mavsum davomida 40 million yevroga oshib, ayni paytda 70 million yevroni tashkil qilmoqda.

Abduqodir Husanov bu mavsumni Fransiyaning "Lans" klubida boshlagan va yanvar oyida "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon uning transfer qiymati 32,5 million yevroga o‘sib, ayni damda 35 million yevroga yetgan.

Bundan tashqari, “Bornmut” klubidan Din Xyoysen ham transfer summasi keskin oshgan himoyachilar qatorida e’tirof etildi. Uning transfer narxi 32 million yevroga oshgan bo‘lsa-da, Abduqodir Husanov va Pau Kubarsidan keyin uchinchi o‘rinda qoldi.

21 yoshgacha bo‘lgan yosh va qimmatbaho himoyachilarning "top-10" reytingi:

1. Pau Kubarsi ("Barselona") – 70 mln yevro (+40 mln);
2. Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") – 35 mln yevro (+32,5 mln);
3. Din Xyoysen ("Bornmut") – 42 mln yevro (+32 mln);
4. Vitor Reys ("Manchester Siti") – 30 mln yevro (+30 mln);
5. Maylz Luis-Skelli ("Arsenal") – 28 mln yevro (+26 mln);
6. Petro Komutsso ("Fiorentina") – 25 mln yevro (+24,3 mln);
7. Alexandro Balde ("Barselona") – 60 mln yevro (+20 mln);
8. Archi Grey ("Tottenxem") – 35 mln yevro (+17 mln);
9. Renatu Veyga ("Yuventus") – 18 mln yevro (+15 mln);
10. Milosh Kerkez ("Bornmut") – 35 mln yevro (+15 mln).

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" Abduqodir Husanovni "Lans" klubidan 40 million yevro evaziga transfer qilgan edi. O‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti" bilan 2029 yil 30 iyunigacha shartnoma imzolagan. Abduqodir Husanov jamoa tarkibida joriy mavsumda jami 9 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan.

O‘xshash yangiliklar

Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
Ronaldu "Arkadag"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
"Al-Nasr" jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu kelgusi o‘yinda qatnashmaslik sabablarini tushuntirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar
Sport Bugun, 07:57
Tuxel Angliya terma jamoasini 2028 yilgacha boshqaradi
Tuxel Angliya terma jamoasini 2028 yilgacha boshqaradi
Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan shartnoma uzaytirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, nemis mutaxassisi 2028 yilgacha jamoani boshqarishda davom
Sport Bugun, 07:05
Darvin Nunes Saudiya chempionatidan chetlatildi
Darvin Nunes Saudiya chempionatidan chetlatildi
Urugvaylik futbolchi Darvin Nunes joriy mavsumning qolgan qismida Saudiya Arabistonining milliy chempionatida maydonga tushmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. «Al-Hilol» klubi bosh murabbiyi
Sport Bugun, 06:32
Ximenes "Real" zaxira jamoasiga qaytarildi
Ximenes "Real" zaxira jamoasiga qaytarildi
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘ng qanot himoyachisi David Ximenesni “Kastilya” jamoasiga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru
Sport Bugun, 06:23
Aldo Serena: "Milan" chempionlik uchun kurashadi
Aldo Serena: "Milan" chempionlik uchun kurashadi
Italiyaning "Inter" futbol klubida o‘ynagan sobiq hujumchi Aldo Serena joriy mavsumda "Milan"ning imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning fikricha,
Sport Bugun, 05:58
Darvin Nunes Saudiya chempionatidan chetda qoldi
Darvin Nunes Saudiya chempionatidan chetda qoldi
Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Saudiya Arabistoni chempionatida maydonga tushmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. "Al-Hilol" klubining italiyalik bosh
Sport Bugun, 05:40