Bugun
O'zbekistonda xotin-qizlar uchun ta'lim imtiyozlari kengaymoqda
+14°
небольшая облачность ветер 2.3 м/с, СЗ

Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning kechagi g‘alabasi haqida nimalar dedi?

Sport
120
Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning kechagi g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

"Birinchi bo‘limda raqib yaxshi himoyalandi. Tanaffusda esa pozitsion hujumlar orqali hujumchilarimizga to‘pni yetkazib berishimiz kerakligini aytdim. Buni uddalay oldik ham. Natijani ko‘rib turibsiz, hujumkor o‘yin namoyish etib, chiroyli g‘alabaga erishdik" - deya fikr bildirdi Ro‘ziqul Sa’dullayevich bugungi bahs haqida.

- Bugun futbolchilar uzoqdan ko‘plab zarbalar berishdi. Bu "Nasaf"ga xos bo‘lmagan jihat. Futbolchilarga siz shunday ko‘rsatma berdingizmi?
- Bugun bizdan shu narsa talab qilinar edi. Statistikaga e’tibor bersangiz, eng ko‘p zarba beradigan jamoa bizmiz. Shunday davom etishimiz kerak. Futbolchilarga shoshilmaslik kerakligini aytgan edim.

- Alibek Davronovni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdingiz. Ushbu haqda gapirib o‘tsangiz...
- Tajribali himoyachimiz jarohat tufayli ancha vaqt o‘ynamadi. Endi uni mana shunday o‘yinlar orqali optimal sport formasiga keltirib olishimiz kerak. Alibek terma jamoada o‘ynashga loyiq futbolchi.

- Hebay jarohatidan forig‘ bo‘lib maydonga qaytdi. Hebay penaltini amalga oshirishiga nima sabab bo‘ldi? Siz Rubinga penaltini ijro etish imkoniyatini taqdim etdingizmi?
- U o‘zi penaltini ishladi va ijro etdi. Reja bo‘yicha 11 metrlik zarbalarni Husayn amalga oshirishi kerak, lekin Rubin o‘zi penalti ishlagani sabab o‘zi ijro etdi. Qishda o‘tkazgan yig‘inlarimizdan birida u shunday imkoniyatdan foydalana olmagan edi va shu sababli biroz qo‘rquv ham bor edi, lekin u zarbani ajoyib amalga oshirdi.

- Hebay bugun juda ham ishtiyoq bilan harakat qildi. U asosiy tarkibga qaytmoqchimi?
- Rubin ko‘p vaqt o‘ynamadi, shu sababli unda ishtiyoq yuqori. Har bir futbolchi mana shunday o‘ynashi kerak. Penaltidan ko‘ra o‘sha vaziyatdan foydalanganida yaxshiroq bo‘lar edi.

- Umar Eshmurodovda xatolar kuzatilayotgandek...
- Eshmurodov jamoaga juda ko‘p yordam beradi. Ayrim bir vaziyatlarda markaziy himoyachilar katta bosim ostida qoladi va shu sababli xatolar kuzatilishi mumkin.

- "Xorazm"ga qarshi o‘yinda ham ushbu tarkib bo‘ladimi yoki yangi tarkib tanlanadimi?
- Biz "Xorazm" bilan Jizzaxda o‘ynaymiz. Biz o‘yin kuni tarkib tanlaymiz, sababi qaysi futbolchilar o‘yinga yaxshiroq tayyor ekanligi o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi. Qanday tarkib tanlashimizdan qat’i nazar g‘alaba qozonish haqida o‘ylashimiz kerak.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid Kloppni bosh murabbiylikka ko'zlamoqda
Real Madrid Kloppni bosh murabbiylikka ko'zlamoqda
Ispaniyaning mashhur "Real Madrid" klubi bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Sky Sports nashrining
Sport Bugun, 10:33
Gvardiola: "Manchester Siti" kelasi mavsumda kuchliroq bo'ladi
Gvardiola: "Manchester Siti" kelasi mavsumda kuchliroq bo'ladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning kelasi mavsumdagi rejalarini muhokama qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U jamoa hozirda o'zgarishlar davrini boshdan
Sport Bugun, 10:23
"Nasaf" "So'g'diyona"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
"Nasaf" "So'g'diyona"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
Superliganing ikkinchi turida "So'g'diyona" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar o'z ustunligini ko'rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 08:54
Inter Mayami Messini saqlash uchun katta sponsor izlaydi
Inter Mayami Messini saqlash uchun katta sponsor izlaydi
"Inter Mayami" futbol klubi egasi Xorxe Mas Lionel Messi haqida gapirar ekan, klubga jahon darajasidagi katta sponsorlar kerakligini ochiq tushuntirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 08:28
Yevropada dam olish kunlari futbol o'yinlari boshlanadi
Yevropada dam olish kunlari futbol o'yinlari boshlanadi
Haftaning dam olish kunlari Yevropaning eng nufuzli chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari boshlanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bugun futbol ishqibozlarini Angliya kubogidan tortib Ispaniya
Sport Bugun, 08:05
"Liverpul" Angliya kubogida chorakfinalga yo'l oldi
"Liverpul" Angliya kubogida chorakfinalga yo'l oldi
Angliya kubogi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida "Liverpul" safarda "Vulverhempton" ustidan 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 08:00