Bugun
Messi Ispaniya terma jamoasida ham o‘ynashi mumkin edi
+8°
облачно с прояснениями ветер 1.8 м/с, СЗ

Rodri qaytishi, De Bryuynega hurmat va Gvardiolaning tan olishlari

Sport
98
Rodri qaytishi, De Bryuynega hurmat va Gvardiolaning tan olishlari
Qishki transferlar oynasi davomida “Manchester Siti” safiga o‘zbekistonlik hujumkor futbolchi Abduqodir Husanov qo‘shilganidan so‘ng, “shaharliklar”ga bo‘lgan qiziqish yurtimizda keskin ortib ketdi.

Hozirda ko‘plab futbol ishqibozlari “Siti”ga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamoa yangiliklari, transferlar, tahlillar va har bir o‘yini yanada qiziqish bilan kuzatilayotgani tabiiy hol.

Bu paytda jamoa tarkibida jiddiy yangilanish jarayonlari ketmoqda. Turli manbalar orqali “Siti”dagi o‘zgarishlar haqida turli ma’lumotlar tarqalmoqda.

Rodri maydonga qachon qaytadi?

2024 yilgi “Oltin to‘p” sovrindori, jahon futbolidagi eng yuqori baholanadigan yarim himoyachilardan biri Rodri mavsumning katta qismini jarohat sababli o‘tkazib yuborgandi. Fanatlarni esa bir savol qiynamoqda: Rodri qachon maydonga qaytadi?

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola bu masalaga oydinlik kiritdi:

“Rodri mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Hozirda o‘zini ancha yaxshi his qilyapti. Ammo shifokorlar to‘liq ruxsat bermas ekan, uni maydonga tushirmaymiz. Meni bu haqda shaxsan xabardor qilishlarini so‘raganman. Biz tavakkal qilmaymiz.”

Aytish kerakki, Rodri joriy mavsum Angliya Premer-ligasida bor-yo‘g‘i ikki uchrashuvda harakat qilgan. U tizzasidan jarohat olgan va bir necha oy davolanishga majbur bo‘lgan.

De Bryuyne ketsa ham — afsona sifatida

Yana bir katta mavzulardan biri — Kevin de Bryuynening ketishi. Jamoadoshi Jeremi Doku belgiyalik pleymeyker haqida samimiy so‘zlar bilan to‘xtalib o‘tdi:

“Kevin — “Manchester Siti”ning afsonasi. U klub uchun katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Agar ketadigan bo‘lsa ham, unga bo‘lgan hurmatimiz o‘zgarmaydi. Muxlislar uni qadrlaydi. Chunki u haqiqiy yetakchi.

U klubga hatto Gvardioladan oldin kelgan. Oldinda Angliya kubogining finali bor. Biz Kevinni sovrin bilan kuzatishni istaymiz.”

Ma’lumot uchun, De Bryuyne “Siti” safiga 2015 yili kelgan va uning shartnomasi 2024 yil 30 iyunda o‘z nihoyasiga yetadi.

Gvardiola tan oldi: “Charchaganman, tanaffus olaman”

Xosep Gvardiola jamoa bosh murabbiyligini tashlash va faoliyatidan keyingi rejalari haqida ochiq gapirdi:

“Menimcha, shartnomam tugashi bilan jamoani tark etaman. Bu qarorga aniq ishonchim bor. Qolishimni Chempionlar ligasi ham, katta maosh ham o‘zgartira olmaydi.

Qaysi jamoalarda ishlagan bo‘lsam, o‘sha yerdagi muxlislar jamoa o‘yinidan zavq olgan, deb o‘ylayman. Barselona, Bavariya, Siti — har bir bosqichda yaxshi xotira qoldirdim, deb umid qilaman.”

Shu bilan birga, Gvardiola yaqinda klub bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha uzaytirgan. Ammo, u tayin muddat kelishi bilan tanaffus olishini ta’kidlamoqda.

“Manchester Siti”dagi bu yangiliklardan ko‘rinib turibdiki, klubda nafaqat taktik, balki shaxsiy jihatdan ham katta o‘zgarishlar kutilyapti. Ammo eng asosiysi — bu jamoada endi o‘zbekistonlik yulduz bor.

Sizningcha, Abduqodir Husanov “Siti”da o‘z nomini yoza oladimi?

O‘xshash yangiliklar

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o‘ynashi mumkin edi
Messi Ispaniya terma jamoasida ham o‘ynashi mumkin edi
Lionel Messi nafaqat Argentina terma jamoasi, balki Ispaniya terma jamoasi tarkibida ham o‘ynashi mumkin bo‘lganini aytib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru sayti xabar
Sport Bugun, 21:21
Futbol o‘yinida to‘p chayqaga tegib ketdi
Futbol o‘yinida to‘p chayqaga tegib ketdi
Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Mevlanakapi Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» futbol uchrashuvida noodatiy holat yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yinda darvozabon to‘pni uzoqqa tepmoqchi
Sport Bugun, 20:44
«Galatasaroy» Chempionlar ligasida tarixiy g‘alabaga erishdi
«Galatasaroy» Chempionlar ligasida tarixiy g‘alabaga erishdi
Turkiyada futbol va milliy g‘urur birlashgan holda yana bir muhim voqea ro‘y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Istanbulning «Galatasaroy» klubi Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqdi. Bu
Sport Bugun, 20:19
Rinat Dasaev Matvey Safonovning o‘yinlariga baho berdi
Rinat Dasaev Matvey Safonovning o‘yinlariga baho berdi
Afsonaviy darvozabon Rinat Dasaev rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning Fransiyaning "PSJ" klubidagi o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Safonov
Sport Bugun, 19:25
Nikolas Jekson "Bavariya"dagi holatidan norozi
Nikolas Jekson "Bavariya"dagi holatidan norozi
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Nikolas Jekson jamoada o‘z holatidan norozi ekanini bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru nashri xabar bermoqda. Bild
Sport Bugun, 19:17
Superkompyuter: «Arsenal» Chempionlar ligasi favoriti!
Superkompyuter: «Arsenal» Chempionlar ligasi favoriti!
Yevropa Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi o‘rtasida qizg‘in bahslar davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Opta analitika markazining superkompyuteri musobaqa bosh sovrini uchun
Sport Bugun, 19:00