23-yanvar: Qor, tuman va sovuq ob-havo kutilmoqda

23-yanvar kuni uchun ob-havo ma’lumotlari “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ayrim hududlarda kechasi va ertalab qor yog‘ishi, tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Quyida hududlar bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan.
Toshkent shahrida kechasi va ertalab qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.
Shamol tezligi 3–8 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 1–3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi. Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq tuman tushishi ehtimoli bor.
Shamol tezligi 7–12 m/s. Kechasi harorat 8–13 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.
Kechasi harorat 5–10 daraja sovuq (cho‘lning shimolida 11–13 daraja sovuqqacha), kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman kuzatilishi mumkin.
Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida. Kechasi 0–5 daraja sovuq (ba’zi joylarda 8 daraja sovuqqacha), kunduzi esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman kuzatilishi kutilmoqda. Shamol tezligi 7–12 m/s.
Kechasi harorat 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi ehtimoli bor.
Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalaklar paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, qor ko‘chishi xavfi ham mavjud.
Shamol tezligi 7–12 m/s. Harorat kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: O‘zgidromet.