Bugun
Jahongir Otajonov: Oila qurishda mas’uliyat muhim!
снег ветер 3.1 м/с, З

Yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi raqamlashtiriladi

Sport
0
Yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi raqamlashtiriladi
O‘zbekiston hukumatining yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan yangi qarori qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, Jamoat xavfsizligi departamenti huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimidagi Ma’muriy amaliyot moduli tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ayrim toifadagi transport vositalari uchun alohida seriyali davlat raqam belgilari joriy etiladi.

Xususan, umumiy og‘irligi yuk bilan birga 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari, kon, shaxta va karerlarda foydalaniladigan maxsus texnikalar, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar hamda antikvar avtomobillar alohida seriyada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, 50 yildan ortiq avval ishlab chiqarilgan transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.

Ushbu toifadagi transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqarilishi belgilangan. Yana bir yangilik shuki, avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.

Bu orqali hujjatbozlik kamayadi va ma’lumotlar almashinuvi soddalashtiriladi. Shuningdek, transportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda zarur bo‘lgan ayrim hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.

Masalan, avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi, elektron auksion bayonnomalari va boshqa ma’lumotlar shu tizim orqali taqdim etiladi. Avvalroq, shahar transportini nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilar uchun moslashtirish talabi belgilangan edi.

Bundan tashqari, 15 yildan ortiq ishlatilgan avtomobillarda taksichilik qilishni cheklash masalasi ham muhokama qilinmoqda. Yo‘nalishsiz taksilar texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mos bo‘lishi shartligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

23-yanvar: Qor, tuman va sovuq ob-havo kutilmoqda
23-yanvar: Qor, tuman va sovuq ob-havo kutilmoqda
23-yanvar kuni uchun ob-havo ma’lumotlari “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda kechasi va ertalab qor yog‘ishi, tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak
Sport Bugun, 16:19