Bugun
23-yanvar: Qor, tuman va sovuq kutilmoqda
-2°
снег ветер 2.4 м/с, ЮЗ

O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” asoschilaridan biri bo‘ldi

Sport
0
O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” asoschilaridan biri bo‘ldi
2023-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbir AQSH Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tkazilgan. Marosimda dunyoning turli mintaqalaridan Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Ozarboyjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya kabi davlatlarning rahbarlari va yuqori lavozimli vakillari qatnashgan.

Prezident matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, “Tinchlik kengashi”ning tashkil etilishi O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishlari bilan uyg‘un bo‘lib, tinchlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu yangi tuzilma BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda G‘azo sektoridagi mojarolarni hal qilishga qaratilgan kompleks reja doirasida shakllantirilmoqda.

Kengashning asosiy maqsadi mojaroning kuchayish xavfini kamaytirish, G‘azo sektorida iqtisodiy va ijtimoiy tiklanish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Bu esa, o‘z navbatida, “Yangi G‘azo”ni barpo etish, uzoq istiqbolda esa Falastin davlatini tashkil etish imkoniyatini oshiradi.

Tadbir davomida O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ni ta’sis etgan davlat sifatida tan olindi. Kengash tarkibiga turli davlatlardan nufuzli yetakchilar kirgan.

O‘zbekiston ushbu kengash faoliyatida izchil ishtirok etishga va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda kengash vakolatlarini amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan. Manba: zamin.uz.

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Davosda Aliyev va Orban bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Davosda Aliyev va Orban bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davos shahrida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik kengashi” Nizomini imzolash marosimi doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda Vengriya Bosh
Sport Bugun, 19:00
Donald Tramp BMTga muqobil tashkilot tuzdi
Donald Tramp BMTga muqobil tashkilot tuzdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tinchlik kengashi nizomini imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangi xalqaro tashkilot BMTga muqobil sifatida yaratilgan. Imzolash marosimi Davosdagi Jahon
Sport Bugun, 18:44
Yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi raqamlashtiriladi
Yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi raqamlashtiriladi
O‘zbekiston hukumatining yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan yangi qarori qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Adliya vazirligining ma’lum
Sport Bugun, 16:51
23-yanvar: Qor, tuman va sovuq ob-havo kutilmoqda
23-yanvar: Qor, tuman va sovuq ob-havo kutilmoqda
23-yanvar kuni uchun ob-havo ma’lumotlari “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda kechasi va ertalab qor yog‘ishi, tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak
Sport Bugun, 16:19