Bugun
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish drayveri bo‘ldi
+10°
небольшая облачность ветер 6.2 м/с, В

Maskerano: Messi o‘yin darajasi o‘zgarmadi, kuchli qolmoqda

Sport
9
Maskerano: Messi o‘yin darajasi o‘zgarmadi, kuchli qolmoqda
Inter Mayami jamoasi boshqaruvchisi Xavyer Maskerano Lionel Messining hozirgi o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi.

38 yoshli futbolchi MLSda ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda dubl qayd etib, yangi rekord o‘rnatdi. Ushbu o‘yinda esa veteran futbolchini "Nyu-Inglend Revolyushn" to‘xtata olmadi va "qaplilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Maskerano o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida, "Messi o‘n yil oldingi darajada qoladimi? Albatta.

Leo futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. U hali ham shunday darajada o‘ynayotgani ajoyib.

Biz uchun baxtki, u biz bilan birga o‘ynaydi", dedi. Lionel Messi MLS-2025 mavsumida 15 o‘yinda 14 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Uning yuqori natijalari jamoaga katta foyda keltirmoqda va kelajakda ham yaxshi natijalar ko‘rsatishiga ishonch bor.

O‘xshash yangiliklar