Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Chat-botlar noto‘g‘ri javoblarni ko‘paytirmoqda

Texnologiya
93
Chat-botlar noto‘g‘ri javoblarni ko‘paytirmoqda
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt asosidagi chat-botlar tomonidan berilayotgan noto‘g‘ri javoblar soni sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

NewsGuard tahlilchilari siyosat, biznes va sog‘liqni saqlash sohalariga oid o‘nta yolg‘on ma’lumotni chat-botlarga yuborib, ularning javoblarini sinovdan o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, bir yil oldin chat-botlarning noto‘g‘ri javoblar ulushi o‘rtacha 18 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 35 foizga yetdi.

Eng ko‘p xato bergan chat-bot Inflection startapining Pi xizmati bo‘lib, u 57 foiz hollarda noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etdi. Tez rivojlanayotgan Perplexity esa o‘tgan yilgi 0 foizdan bugungi kunga kelib 47 foizgacha ko‘tarildi.

OpenAI kompaniyasining ChatGPT modeli 40 foiz hollarda xato javob berdi. Claude AI (Anthropic) 10 foiz, Google’ning Gemini modeli esa 17 foiz noto‘g‘ri ma’lumot bergani qayd etildi.

Mutaxassislar bu holatni chat-botlarning javob berishdan bosh tortmasligi bilan izohlamoqda. Ya’ni, ular ma’lumotlar yetarlicha tekshirilmagan bo‘lsa ham javob berishga harakat qilmoqda.

Oldingi yillarda chat-botlar uchta holatdan bittasida javob berishdan bosh tortgan. Tadqiqotchilar sun’iy intellektni o‘qitish usullarining o‘zgarishi bunga sabab ekanligini ta’kidlashmoqda.

Endilikda modellar ma’lumotlarni faqat ma’lumotlar bazasidan emas, balki internetdan real vaqt rejimida oladi. Biroq havola va manbalarning mavjudligi ma’lumotning sifat va ishonchliligini kafolatlamaydi.

Giskard kompaniyasining tadqiqotida yana bir qiziqarli holat qayd etildi: chat-botdan qisqa javob so‘ralganda noto‘g‘ri ma’lumot berish ehtimoli keskin oshadi. Neyron tarmoq aniqlikdan ko‘ra lo‘ndalikni afzal ko‘radi.

Shunday qilib, so‘nggi tahlillar sun’iy intellekt vositalarining ishonchliligi va faktlarni tekshirish darajasida muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Foydalanuvchilar uchun eng muhim masala – har qanday javobni tanqidiy qabul qilish va ishonchli manbalar orqali tekshirish zarurati ekanligi saqlanib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026