Bugun
Tohir Sodiqov: Oila muqaddas va mas'uliyatli tushuncha
+14°
пасмурно ветер 4 м/с, З

Turkiyada hibsga olingan astrolog Erdo‘g‘ondan uzr so‘radi

Dunyo
117
Turkiyada hibsga olingan astrolog Erdo‘g‘ondan uzr so‘radi
Turkiyada prezidentni haqorat qilganlik aybi bilan hibsga olingan astrolog Hilol Sarach davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘ondan uzr so‘radi. U o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida tegishli post qoldirdi.

Astrolog Erdo‘g‘on va Bahchelidan uzr so‘rab, siyosatchilarni hurmat qilishini qayd etdi. U bolalari bilan uchrashish uchun ulardan yordam so‘radi. Sarach bilan bog‘liq voqea 6 fevral kuni yuz bergan edi. O‘shanda u ijtimoiy tarmoqlarda milliy harakat partiyasi yetakchisi Davlat Bahchelida o‘pka bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligini aytib, unga shifokorlarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

"Rostini aytsam, u saylovgacha yashamaydi. Saylovlar shundoq ham muddatidan oldin bo‘lib o‘tadi. Aytgancha, gap aynan kim haqida ketayotganini yozishga jur’atli emasman, lekin o‘ylaymanki, siz buni tushunish uchun yetarlicha aqllisiz", degan u.

Oradan ikki kun o‘tib, u prezident Erdo‘g‘on va Bahcheliga haqorat qilish ayblovi bilan hibsga olingan.

Turkiyada 2027 yil noyabr oyida muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovlarda yana Erdo‘g‘on nomzodini ilgari suradi. Turkiya prezidenti 23 fevral kuni hukmron partiya rahbari lavozimiga qayta saylandi. U partiya qurultoyida so‘zlagan nutqida unga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.

8 mart kuni Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘li mamlakat prezidenti lavozimi uchun rasman kurashga kirishdi. Respublika xalq partiyasidan nomzod prezidentlik kampaniyasini Izmirga ramziy tashrif bilan boshladi. Istanbul meri rasmiylar tomonidan unga bosim o‘tkazilayotgani haqida ham to‘xtaldi. U o‘z nutqida unga qarshi jinoiy ishlarni eslatib o‘tdi, jumladan:

- haqorat qilish to‘g‘risidagi ish;
- prokurorga tahdid qilish;
- qalbaki diplom ishi.

Shuningdek, u yaqinda rasmiylar uning atrofidagi 10 dan ortiq kishining mol-mulkini musodara qilganini aytdi.

- "2014 yildan buyon mening yagona “jinoyatim” — saylovlarda yengib bo‘lmaydigan Ekrem Imamog‘lu bo‘lishdir. Sen buni to‘rt marta boshdan kechirding, oldinda esa seni beshinchi va so‘nggi mag‘lubiyat kutmoqda. Qanchalik urinmagin, saylov kuni muqarrardir", deya u prezident Erdo‘g‘onga murojaat qilgan.

Foto: Soʻz Bursa

O‘xshash yangiliklar

Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Trampning aytishicha, aynan shu sabab AQSh Eron bilan
Dunyo Bugun, 07:34
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi amalga oshirgan hujumi atrofida yangi tafsilotlar ma'lum bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The New York Times nashri va Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh
Dunyo Bugun, 07:33
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil armiyasi taxminan 100 ming zaxiradagi harbiy xizmatchini safarbar etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Dunyo Bugun, 06:51
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa idorasi Eron tomonidan Abu-Dabidagi harbiy-dengiz obyektiga dronlar orqali zarba
Dunyo Bugun, 06:26