Bugun
Shavkat Mirziyoyev Davosda Aliyev va Orban bilan uchrashdi
-1°
снег ветер 2.9 м/с, З

Migren kasalligini keltirib chiqaradigan 5 ta xavfli mahsulot

Dunyo
110

Migren kasalligini keltirib chiqaradigan 5 ta xavfli mahsulot
Migren — bu surunkali nevrologik kasallik bo‘lib, odatda boshning bir tomonida puls urgani kabi og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Og‘riq bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin va ko‘pincha ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘lik va shovqinga nisbatan sezgirlik bilan birga kechadi. Ayrim hollarda migren oldidan bemor ko‘rish, eshitish qobiliyatida bir oz o‘zgarishlarni his qiladi.

JSST migrenni insonning normal hayoti eng ko‘p buzadigan 19 ta kasallik ro‘yxatiga kiritgan. Afsuski, migrenning kelib chiqish sabablari hali to‘liq aniqlanmagan, biroq stress, ob-havo sharoiti, ochlik, uyqu yetishmovchiligi, gormonal o‘zgarishlar va ba’zi oziq-ovqatlar uni qo‘zg‘atishi mumkin. Quyida migren kasalligini qo‘zg‘atib yuboradigan mahsulotlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.

Shokolad

Tarkibida kofein moddasi mavjud har qanday mahsulot migrenga chalinish ehtimoli bor insonlar uchun xavflidir. Shokolad tarkibiga kiruvchi feniletilamin moddasi esa qon tomirlarini toraytiradi. Irsiy jihatdan migrenga moyilligi bor shaxslarda bu bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Sitrus mevalari va banan

Ushbu mevalarda bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan gistamin va tiramin moddalari mavjud.

Kolbasa, sosiska, vetchina

Bunday yarim tayyor mahsulotlar tarkibida yuqori darajada natriy glutamat hamda bosh miya qattiq qobig‘idagi qon tomirlari kengayishiga olib keladigan azot oksidi mavjud.

Yog‘li pishloqlar

Yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lgan pishloqlarda qon tomirlarini toraytiruvchi va qon bosimini oshiruvchi tiramin mavjud. Pishloq qanchalik uzoq vaqt davomida tayyorlangan bo‘lsa, unda tiramin shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Spirtli ichimliklar

Odatda, migrenga xos to‘satdan bosh og‘rig‘ining vujudga kelishi faqat ayrim turdagi alkogol mahsulotlari ta’sirida bo‘ladi, ammo asosi achitqidan iborat har qanday spirtli ichimlik migrenga olib kelishi mumkin. Shuningdek, suvsizlanish va asabiylashish migrenga xos og‘riq hujumlarining chastotasini oshiradi.

Bundan tashqari, spirtli ichimliklar glyukoza ishlab chiqarish uchun javobgar bo‘lgan jigar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Qondagi qand miqdorining pasayishi ham ana shunday bosh og‘riqlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: The Day

O‘xshash yangiliklar

Chimkentdagi qotillik: politsiya sustkashligi tanqid qilindi
Chimkentdagi qotillik: politsiya sustkashligi tanqid qilindi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida sodir bo‘lgan mudhish qotillik butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 11-yanvar kuni shaharda istiqomat qiluvchi Nuroy Serikboy ismli qiz
Dunyo Bugun, 19:24
Dunyo suv resurslari bankrotlik yoqasida turibdi
Dunyo suv resurslari bankrotlik yoqasida turibdi
Dunyo miqyosida suv resurslari kamayib borayotgani jiddiy muammoga aylanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BMT huzuridagi Suv, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash universiteti instituti (UNU-INWEH)
Dunyo Bugun, 18:30
Berron Trampning harakati qiz hayotini saqlab qoldi
Berron Trampning harakati qiz hayotini saqlab qoldi
Buyuk Britaniyada o‘tgan sud majlisida bir qiz AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning kenja o‘g‘li Berron Tramp uning hayotini saqlab qolganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Dunyo Bugun, 17:39
Zelenskiy va Tramp Davosda uchrashadi, Moskva muzokaralar kutmoqda
Zelenskiy va Tramp Davosda uchrashadi, Moskva muzokaralar kutmoqda
Shveysariyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etish uchun Davosga yetib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Forum doirasida asosiy
Dunyo Bugun, 17:26
Berron Tramp zo‘ravonlik qurbonini qutqarib qoldi
Berron Tramp zo‘ravonlik qurbonini qutqarib qoldi
Donald Trampning kichik o‘g‘li Berron Trampning bir qizni zo‘ravonlikdan qutqargani haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Londondagi sud majlisida qiz o‘z hayotini aynan Berron
Dunyo Bugun, 16:43
Indoneziyada 67 800 yillik qadimiy suratlar topildi
Indoneziyada 67 800 yillik qadimiy suratlar topildi
Indoneziyada dunyo ilm-fani uchun juda muhim bo‘lgan eng qadimiy qoya tosh suratlari topilgani haqida xabar berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. "Nature" jurnalida chop etilgan tadqiqot
Dunyo Bugun, 16:17