Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+15°
ясно ветер 1 м/с, СВ

Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini aytdi

Dunyo
102
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini aytdi
Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson 24 fevral, urush boshlanganining uch yilligi munosabati bilan Kiyevga bordi. Zelenskiy bilan uchrashib hamon Ukrainani qo‘llashda sobit ekanini aytgan siyosatchi tashrifi davomida ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga qisqa intervyu berdi. 11 daqiqa davom etgan suhbatda Jonson AQSH prezidenti Tramp nega Ukrainaga nisbatan bunday siyosat yuritayotganini tushuntirdi.

Suhbat Oq uydagi Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi tortishuvdan avval o‘tkazilgan. Imkoningiz bo‘lsa, rus tiliga tarjima qilib joylangan bu intervyuni ko‘rishingizni tavsiya qilaman, chunki Jonson voqealarga ekspert yoki oddiy odam sifatida emas, butun boshli Britaniya hukumatini boshqargan siyosatchi sifatida munosabat bildirgan.

«Ukrainani yaxshi ko‘radigan, qat’iyat bilan qo‘llaydigan va urushda g‘alaba qozonishiga ishonadigan odam sifatida bu davlat haqida Vashingtondan turib yolg‘on gaplar aytilayotganini eshitish og‘ir. Kreml o‘ylab topgan gaplar Oq uydagi bu masalalarni boshqalardan yaxshiroq tushunishi kerak bo‘lgan odamlar tomonidan aytilayotgani jirkanch va katta xato.

Ukraina urushni boshladi deyish, Zelenskiyni diktator deb Putin bilan solishtirish aqlga sig‘maydigan ish. Ha, bularning hammasi yolg‘onligi ko‘rinib turibdi», deydi Jonson so‘zi avvalida Tramp aytayotgan gaplarni qo‘llamasligini tushuntirarkan.

Darvoqe, Jonsonning intervyusidan keyin Tramp Zelenskiyni diktator deganidan tonishga ham ulgurdi. Lekin janob Tramp Ukraina prezidenti saylanmagan diktator degani rost, buning isboti Kun.uz Youtube-kanalida ham turibdi.

Jonsonga ko‘ra, Tramp aytayotgan gaplarining ko‘pi rost emasligini o‘zi ham biladi va u Zelenskiy kelishuvga qo‘l qo‘yishi uchungina shunday bosim o‘tkazish yo‘lini tanlagan: «Trampni hurmat qilishim uchun sabablar yetarli, u tinchlik istamoqda. Bu borada Amerika prezidenti muzokara o‘tkazishi kerak bo‘lgan uch tomon bor: Ukraina, Yevropa va Rossiya. Tramp uch tomonni ham harakatga keltirmoqchi. Masalan, Yevropa Ukrainani himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini aytmoqda, axir Ukraina chindan Yevropada. Britaniya ham harbiy xarajatlarni 2030 yilga borib YAIMning 3 foizi darajasiga yetkazishi kerak. Tramp shu sabab yevropaliklarga bosim qilyapti», deydi Jonson.

Britaniya sobiq bosh vaziriga ko‘ra, respublikachilar orasida Trampning qulog‘iga bo‘lmag‘ur gaplarni valdiraydigan odamlar juda ko‘p. Jonson urush ketayotgan vaqtda Putindan intervyu olgan Trampning do‘sti Taker Karlsonni yoqtirmasligini yashirmay, Trampni aldayotganlarga aynan shu jurnalistni misol qilgan.

«Taker Karlsonga o‘xshagan odamlarning ta’sir doirasi juda katta. Ular Trampning boshini urush haqida bo‘lmag‘ur gaplar bilan to‘ldirgan. Tramp mana shunday skeptiklarni AQSH urushdagi yordam uchun Ukrainadan nimadir olishiga ishontirmoqchi.

Aytaylik, 1941 yilda AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt britaniyaliklardan juda ko‘p pul, Karib havzasidagi harbiy bazalari va boshqa narsalar olgan. Evaziga lend-liz hisobiga Britaniyani urushda qo‘llagan. Bilasizmi, Britaniya 2006 yilgacha o‘sha lend-liz doirasida AQSHga qarz to‘lab keldi. Shu sabab Tramp ham Ukrainadan nimadir olishini ko‘rsatmoqchi. Mineral resurslar bo‘yicha kelishuv shu tariqa yuzaga keldi», deydi siyosatchi.

Jonsonning fikricha, kelishuvda juda keskin bandlar bor, lekin Ukraina o‘z kelajagi uchun uni imzolashga majbur. Chunki kelishuv AQSHni Ukrainani qo‘llashga majbur qiladi.

«Menimcha, Ukrainani kelishuvga qo‘l qo‘yishi kerak. Ha, men Ukraina tarafdori sifatida kelishuvdagi bandlarni qo‘llamayman. Lekin bu kelishuv AQSHni erkin, suveren va xavfsiz Ukrainani qo‘llashga majburlaydi. Ha, AQSH bu investitsion fonddan 50 foiz ulush oladi. Lekin Ukraina xavfsizlikda bo‘lmaguncha fondga bir chaqa ham tushmaydi. Menimcha, Ukrainani Moskva nazoratiga tashlab qo‘ygandan ko‘ra bu kelishuvni imzolagan ma’qul. Axir kelishuv Tramp davrida ham AQSHni Ukrainani qo‘llashga majbur qiladi. Bu esa katta yutuq», dedi Jonson.

Siyosatchi Oq uydagilar Putin nima xohlayotganini tushunmayapti degan fikrda: «Tramp masalani hududiy bo‘linish bilan hal qilish mumkin deb o‘ylaydi, lekin gap bunda emas, Putin Ukrainani to‘liq nazorat qilishni istaydi», deydi Jonson.

Dimtriy Gordon Jonsondan Trampning o‘rnida bo‘lsangiz, ertaga nima qilardingiz deb so‘radi. Jonson qiziq javob qaytardi va bu gal ham Taker Karlsonni tilga oldi.

«Eng avval Kongressdagi respublikachilarga axmoq bo‘lishni bas qilishlarini, keyin Taker Karlsonga eng yaqindagi biror ko‘lga borib kalla tashlashini aytardim. Ukrainaga harbiy yordamni oshirib, Putinga Vladimir, sen yutqazding, Ukrainani qul qilmoqchi eding, men bor ekanman bunday bo‘lmaydi, derdim.

Amerika jamoatchiligini Ukrainaga yordamga jalb qilish uchun balki men ham mineral resurslar kelishuvini imzolagan bo‘lardim va Ukrainani NATOga qabul qilish jarayonini boshlardim. Xuddi 50-yillarda Germaniya bilan bo‘lgani kabi faqat Kiyev nazorat qilayotgan yerlarni alyansga kiritib, integratsiya jarayonini tezlashtirardik», deydi Jonson.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
Britaniyaning Devon shahrida yashovchi 75 yoshli Deyv Richards 2021-yilda hayotidagi eng og‘ir sinovlardan birini boshdan kechirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U velosipedda ketayotganida mast
Dunyo Kecha, 07:32
O‘zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda
O‘zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda
30-oktyabr, payshanba kuni O‘zbekiston hududlarida tuman tushishi va shamol tezligi 18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu kuch 12 balli Bofort shkalasi
Dunyo Kecha, 07:31
Tramp va Si Janubiy Koreyada uchrashuv o‘tkazdi
Tramp va Si Janubiy Koreyada uchrashuv o‘tkazdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Zinpin Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Dunyo Kecha, 06:43
O‘rtachirchiqda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda
O‘rtachirchiqda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda
O‘rtachirchiq tumanida Kuyichirchiq tumani bilan chegaradosh hududda yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda tuman hokimiyati ma’lum qildi. Ushbu
Dunyo Kecha, 06:29
AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi
AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda 30 yildan so‘ng yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu qarorni Rossiya va Xitoy kabi
Dunyo Kecha, 05:38
Karib dengizida “Melissa” dovuli vayronagarchilik keltirdi
Karib dengizida “Melissa” dovuli vayronagarchilik keltirdi
Karib dengizi hududida “Melissa” nomli kuchli dovul katta talafotlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Dovul Yamayka, Gaiti va Kuba davlatlarida vayronagarchiliklar, suv toshqinlari va
Dunyo Kecha, 05:10