Bugun
Janubiy Koreya sudi aktyor O Yen Suni oqladi
+18°
ясно ветер 1 м/с, С

Oq uydagilar Zelenskiy bilan muloqotni tiklash shartini aytdi

Dunyo
131

Oq uydagilar Zelenskiy bilan muloqotni tiklash shartini aytdi
Butun dunyo siyosati hamon qishning oxirgi kuni Oq uyda sodir bo‘lgan Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi tortishuv ta’siridan chiqib ketolmayapti. Qanday voqea sodir bo‘lmasin, baribir o‘sha janjal soyasida qolib ketmoqda. Tramp, Vens va Zelenskiy Oval kabinetdagi «portlash»dan keyin amalga oshirgan ommaviy chiqishlarida har qancha boshqa mavzuda gapirishga intilmasin, baribir gap o‘sha mavzuga tortib ketmoqda.

AQSH va Ukraina prezidenti tortishuvidan keyin qanday muhim bayonotlar berilganiga to‘xtalamiz.

«Eshiklar hamon ochiq»

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens respublikachilar minbari Fox News telenaliga intervyu berdi. Vens Zelenskiy bilan uchrashuv haqida gapirarkan, dastlabki yarim soat davomida Tramp Ukraina prezidenti unga yoqmaydigan gaplar aytganida ham diplomatcha yondashuvni saqlab qolib asabiylashmagani, lekin Zelenskiy o‘sha zaylda davom etgach vaziyat izdan chiqqanini aytdi. Vens janjal boshlanishida Zelenskiyni ayblagan.

AQSH vitse-prezidentiga ko‘ra, Zelenskiy keyinchalik Oq uyga qaytib, Tramp bilan gaplashishni istagan, lekin Tramp bunda ma’ni yo‘qligini aytgan. Biroq Vens Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi muloqotni tiklash uchun eshiklar ochiqligini ham aytdi.

«Prezident Tramp bu haqda ochiq aytib bo‘ldi: muloqot uchun eshiklar hamon ochiq. Faqat bu uchun Zelenskiy tinchlik haqida gaplashishga tayyor bo‘lishi kerak. Oval kabinetga borib tinchlik kelishuvi detallarini hatto muhokama qilmaslik mumkin emas. Agar ular tinchlik xohlasa, menimcha, prezident Tramp go‘shakni ikkilanmay ko‘taradi», deydi Vens.

Tramp nima dedi?

Donald Tramp navbatdagi marta jurnalistlar ishtirokida brifingda qatnashdi. Undan Ukraina bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni saqlab qolish mumkinmi, deb so‘rashdi. AQSH prezidenti «Ha» deb javob berdi. Keyin undan Zelenskiy muloqotni tiklash uchun nima qilishi kerakligini so‘rashdi.

«U biroz minnatdor bo‘lishi kerak, axir AQSH eng qiyin kunida yonida bo‘ldi. Biz ularga Yevropadan ko‘proq yordam berdik. Vaholanki, ular Yevropa uchun to‘siq. Ukraina Yevropa uchun muhim davlat, men bu gapim bilan Yevropani tanqid qilmayapman, shunchaki ular Baydendan ancha aqlli harakat qilishdi. Barchasi tezroq tugashini xohlayman. Urush yillar davomida cho‘zilishi kerak emas. Men xushlamaydigan AP nashri bilan suhbatda Zelenskiy urush uzoq davom etadi debdi. Ishqilib u adashgan bo‘lsin», degan Tramp.

Zelenskiy kechirim so‘raydimi?

Germaniya bo‘lajak kansleri Fredrix Mers Oval kabinetdagi janjal haqida qiziq gap aytdi. «Men Oq uydagi uchrashuvni bir necha marta qayta tomosha qildim va suhbat ohangidan hayron qoldim. Odatda bunaqa uchrashuvlarning ochiq qismi bir necha daqiqa davom etardi, lekin u yerda boshqacha bo‘ldi. Bu uyushtirilgan eskalatsiya ekani ko‘rinib turgandi», deb Mersning so‘zlarini keltirgan «Yevropeyskaya pravda». Germaniya bo‘lajak lideriga ko‘ra, Oval kabinetdagi janjal «AQSHdagi amaldagi hukumat vijdoniga havola».

Shu kunlarda Amerikada Zelenskiy kamera qarshisida Trampdan kechirim so‘rashi kerakligi haqida chaqiruvlar yangramoqda. Xususan, davlat kotibi Marko Rubio ham shunday fikrda. Jurnalistlar Trampdan Zelenskiy kechirim so‘rashi kerakmi, deb ham so‘rashdi. Lekin BBC o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Zelenskiy Trampdan kechirim so‘ramoqchi emas. Janjal bo‘lgan kuni Fox News telekanaliga intervyu bergan Zelenskiyning o‘zi ham kechirim so‘raydigan ish qilmaganini aytgandi.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Belgradda qurilish loyihasi jamoatchilikni ikkiga bo‘ldi
Belgradda qurilish loyihasi jamoatchilikni ikkiga bo‘ldi
Serbiya poytaxti Belgradda 11-noyabr kuni katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan qurilish loyihasi atrofida yuzaga kelgan voqealar mamlakat jamoatchiligini ikki qarama-qarshi fikrga bo‘lib qo‘ydi.
Dunyo Bugun, 12:17
IBM sun’iy intellekt yordamida 8 ming ish o‘rnini qisqartiradi
IBM sun’iy intellekt yordamida 8 ming ish o‘rnini qisqartiradi
IBM kompaniyasi inson resurslari bo‘limidagi ayrim lavozimlarni sun’iy intellekt (AI) agentlariga almashtirish jarayonini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda kompaniya rahbari Arvind
Dunyo Bugun, 10:54
Toshkent–Krasnodar reyslari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
Toshkent–Krasnodar reyslari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 12-noyabr kuni Toshkentdan Krasnodarga va ortga amalga oshiriladigan HY687/688 reyslari jadvaliga o‘zgartirish kiritilganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 09:49
Pokistonda sud yaqinidagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda sud yaqinidagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda Tolibon harakati Islomoboddagi sud binosi yaqinida sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AFP agentligining xabar berishicha, hodisa
Dunyo Bugun, 08:34
Islomobodda portlash: 12 kishi halok bo‘ldi
Islomobodda portlash: 12 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning poytaxti Islomobod shahrida kecha kechqurun kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hodisa shaharning tirband va gavjum hududlaridan biri — savdo va ma’muriy
Dunyo Kecha, 23:10
Rossiyada topilgan meteoritning kelib chiqishi aniqlandi
Rossiyada topilgan meteoritning kelib chiqishi aniqlandi
Olimlar 27-oktyabr kuni Moskva, Podmoskove shaharlari, Novgorod va Tver viloyatlari osmonidan uchib o‘tgan sirli obyektning dastlabki namunalarini topdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur
Dunyo Kecha, 20:44