Bugun
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
+14°
облачно с прояснениями ветер 1.9 м/с, СЗ

Shaxsning ishtirokisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi

Iqtisodiyot
130

Shaxsning ishtirokisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi
Qonun (O‘RQ-1043-son, 04.03.2025 y.) bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri bu —kredit bitimi tuzishi taqiqlangan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona ma’lumotlar bazasidir.

Markaziy bank bunday shaxslarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan reyestrini kredit byurolari tomonidan yuritilish tartibini belgilaydi.

Shuningdek, kredit byurosi ustav fondi (ustav kapitali) ning eng kam miqdori 2 milliard so‘mni tashkil etishi kerakligi belgilandi.

Kredit byurolariga nisbatan Markaziy bank quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi uchun choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi:

?kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik;
?kredit byurolari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzganlik;
?litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.

Markaziy bank mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun majburiy ko‘rsatmalar yuborish hamda BHMning 5 ming baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga haqli.

Bundan tashqari, jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyida 1 AQSH dollari o‘zbek so‘miga nisbatan 62,53
Iqtisodiyot Bugun, 11:58
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan haftalik tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyining navbatdagi ish haftasida 1 AQSH
Iqtisodiyot Bugun, 10:50
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumanida joylashgan “Surkhon Sandwich” korxonasining bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi faoliyati bilan
Iqtisodiyot 18:52, 27-02-2026
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 2-mart sanasi uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18
Iqtisodiyot 16:47, 27-02-2026
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekiston Markaziy Banki 27-fevral sanasiga mo‘ljallangan o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi avvalgi
Iqtisodiyot 12:51, 27-02-2026
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
2-mart kuni amal qiladigan dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda mutaxassislar prognoz bermoqda. Hozirda banklarda dollarni sotish bo‘yicha eng yaxshi
Iqtisodiyot 11:32, 27-02-2026