Bugun
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
+14°
облачно с прояснениями ветер 1.9 м/с, СЗ

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi

Iqtisodiyot
139
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Parij shahriga tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Fransiya ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Tadbirda Fransiyaning tashqi savdo va xorijdagi fransuz fuqarolari ishlari bo‘yicha vazir-delegati Loran Sen-Marten, Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu, MEDEF International rahbari — Orano Mining kompaniyasi boshqaruvi raisi Klod Imoven, shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari, investitsiya va bank-moliya institutlarining 60 dan ortiq rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Fransiya biznesi tomonidan SUEZ, Veolia, Total, EDF, Voltalia, Orano, Meridiam, Saint-Gobain, Imerys, Natixis, Societe Generale, BPI France, Airbus, MND, Eiffage, Schneider Electric, Total Energies, Alstom, Technip Energies, Egis, ADP Group, Ellipse Projects, Assystem, ATR va boshqa kompaniyalar qatnashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari o‘z nutqida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan o‘tgan samarali muzokaralarni yuksak baholab, ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Uchrashuvning asosiy natijasi sifatida O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish haqida tarixiy qaror qabul qilindi. Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.

Fransiya ishbilarmon doiralari vakillariga Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Fransiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Fransiya kompaniyalari bilan 2027 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan innovatsion va sanoat kooperatsiyasi dasturi bunga xizmat qiladi. Unga umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq yo‘nalish va loyihalar kiritilgan.

Davlat rahbari muhim mineral resurslarning istiqbolli konlarini o‘zlashtirish va ularni chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari, kimyo va farmatsevtika tarmoqlari, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va boshqalarni O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tdi.

Energetikada energiya ishlab chiqarish va saqlash quvvatlarini kengaytirish, O‘zbekiston hududlarida suv xo‘jaligi, kommunal, turizm, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamkorlikni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.

«Ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qilaman. Biz tomondan unga O‘zbekiston bosh vaziri rahbarlik qiladi. Birinchi uchrashuvni iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazishimiz mumkin. Barchangizni tashkil etilayotgan kengashning to‘la huquqli a’zosi sifatida bo‘lajak tadbirda faol ishtirok etishga taklif etaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘z navbatida, Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq taklif va rejalarini bayon qildi. Prezident ishbilarmon doiralar vakillariga muvaffaqiyatlar tilab, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” asosida erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyida 1 AQSH dollari o‘zbek so‘miga nisbatan 62,53
Iqtisodiyot Bugun, 11:58
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan haftalik tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyining navbatdagi ish haftasida 1 AQSH
Iqtisodiyot Bugun, 10:50
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumanida joylashgan “Surkhon Sandwich” korxonasining bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi faoliyati bilan
Iqtisodiyot 18:52, 27-02-2026
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 2-mart sanasi uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18
Iqtisodiyot 16:47, 27-02-2026
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekiston Markaziy Banki 27-fevral sanasiga mo‘ljallangan o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi avvalgi
Iqtisodiyot 12:51, 27-02-2026
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
2-mart kuni amal qiladigan dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda mutaxassislar prognoz bermoqda. Hozirda banklarda dollarni sotish bo‘yicha eng yaxshi
Iqtisodiyot 11:32, 27-02-2026