Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

Iqtisodiyot
138

Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi
O‘zini o‘zi band qiluvchilar ro‘yxatidan o‘chiriladigan 34 xil faoliyat turi qaysi asoslarga ko‘ra tanlab olindi, nega novvoyga mumkin-u, sartaroshga mumkinmas? Kun.uz'ning bu savoliga javoban, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari barchaga teng sharoit yaratish zarurligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatni qayta ko‘rib chiqishda bu ish bilan shaxsning yakka o‘zi shug‘ullana oladimi-yo‘qmi, degan mezondan kelib chiqilgan.

2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 104 tadan 72 taga qisqaradi. Sartaroshlik, foto-video xizmatlari, avtomobil ta’mirlash, dehqon bozorlarida savdo qilish, shirinlik va salat tayyorlab sotish, gid-tarjimonlik, rieltorlik, kopirayterlik, repetitorlik kabi 34 toifadagi faoliyat turlari ro‘yxatdan chiqariladi.

Xo‘sh, bu 34 toifa qaysi asoslarga ko‘ra tanlab olindi? Kelasi yildan boshlab o‘zini o‘zi band qilish nega misol uchun, novvoyga mumkin bo‘ladi-yu, sartaroshga mumkin bo‘lmaydi?

Kun.uz muxbiri AOKAdagi matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi mas’ullariga shu savol bilan yuzlandi.

“O‘zini o‘zi band qilganlar bo‘yicha keng ro‘yxatni shakllantirgandik. Bu respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatini to‘liq legallashtirish maqsadida qilingan edi. Biz bu natijaga erishdik. Ya’ni 4 mln nafardan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilib, Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatishni boshladi. Bu quvonarli raqam”, dedi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi masala – tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratib berish. Ularning “noqonuniy yo‘lga kirmasligini ta’minlash maqsadida” ro‘yxat qisqartirilyapti.

“Bizning maqsadimiz, birinchi navbatda soliq tushumlari emas. Eng asosiy ustuvor vazifa – bir xil toifadagi tadbirkor uchun teng sharoit yaratib berish. Ya’ni tadbirkorlar rivojlanishi kerak. Rivojlanishga to‘sqinlik qilindimi, uni to‘g‘rilashimiz lozim. Tadbirkorlar noto‘g‘ri yo‘lga kirmasligi uchun shu ish qilinyapti.

Faraz qilaylik, bitta savdo do‘koni bor, u yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tyapti. Yonidagi do‘kon egasi esa o‘zini o‘zi band qilgan. Bittasi soliq to‘laydi, bittasi to‘lamaydi. Ikkalasiga 2 xil sharoit bo‘lgandan keyin, raqobat muhitini buzadi, ishlash imkoniyatini bermaydi. Biz shuning ro‘yxatini shakllantirdik, o‘zini o‘zi band qilganlar shu ishni bir o‘zi qilishi mumkin, unga 2-3 nafar odam shartmas. Bu ro‘yxat xufiyona iqtisodiyot bo‘yicha muhokamada turibdi”, – deydi Mirzayev.

Soliq mulozimi repetitor bir o‘zi ishlasa, o‘zini o‘zi band qilishi mumkinligini ta’kidlab, do‘konda esa bir kishining savdo qilishi imkonsiz ekanini aytdi va bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘lishiga urg‘u berdi. Ammo aynan repetitorlikka o‘xshash yakka tartibda shug‘ullanish mumkin bo‘lgan ko‘plab faoliyat turlari ro‘yxatdan chiqarilayotganiga izoh bermadi.

QQS to‘lovchiga aylanish chegarasi oshirilmaydi

2019 yil 1 yanvardan boshlab, yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lab kelmoqda. Oradan 6 yil o‘tgan bo‘lsa-da, bu miqdor inflyatsiyaga indeksatsiya qilinmadi. Mubin Mirzayevga ko‘ra, o‘sha paytda yuqori miqdor olingan va buni o‘rta muddatda o‘zgartirmaslik rejalashtirilgan.

“2019 yilda soliq konsepsiyasi ishlanayotganida yuqori chegara qo‘ygandik. Bizda 100 mln, 300 mln, 500 mln va 1 mlrd so‘mlik variantlar bor edi. Ko‘p tadbirkorlarni qiynamaslik uchun 1 mlrd so‘mlik chegarani qo‘ygandik va uni kamida 5-6 yil o‘zgartirmaslikni rejalashtirgandik. O‘sha paytdagi kurs bilan 1 mlrd so‘m 125 ming dollar edi. Boshqa mamlakatlarda bunaqa katta chegara yo‘q edi, 30 ming dollar, 50 ming dollar, 60 ming dollar edi ularda”, deydi qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari.

Mubin Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda bu chegarani ko‘rib chiqish rejasi yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

Markaziy bank yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
Markaziy bank yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 25 mart kuni amal qiladigan yangi valyuta kurslarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu kun xalqaro moliya bozorida muhim
Iqtisodiyot Bugun, 16:46
O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati rekord darajaga yetdi
O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati rekord darajaga yetdi
2026 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati 67,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich yil boshidagi 55,1 milliard dollarga nisbatan
Iqtisodiyot Bugun, 13:58
Dollar kursi martda 7 8 so‘mga qimmatlashadi banklar kursi farqlari
Dollar kursi martda 7 8 so‘mga qimmatlashadi banklar kursi farqlari
O‘zbekiston Respublikasida 2026 yil 25 mart kuni Amerika dollari kursi 7-8 so‘mga qimmatlashishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu o‘zgarish valyuta bozoridagi talab va taklifning
Iqtisodiyot Bugun, 11:58
Oltin narxlari pasaydi banklarda sotuv boshlandi
Oltin narxlari pasaydi banklarda sotuv boshlandi
O‘zbekiston Markaziy Banki 24 mart kuni o‘lchovli oltin quymalarining sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 1 gram oltin narxi oldingi ko‘rsatkichga
Iqtisodiyot Bugun, 10:52
Erondagi keskinlik jahon bozorlarida narxlarni oshirdi
Erondagi keskinlik jahon bozorlarida narxlarni oshirdi
Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroil o'rtasida Eron hududidagi vaziyat keskinlashgach, jahon bozorlarida turli xil mahsulotlarning narxlari tez sur'atlar bilan oshmoqda. Bu haqda
Iqtisodiyot Bugun, 00:01
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
O'zbekistonda fuqarolarning bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilayotgan Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iqtisodiyot 12:46, 21-03-2026