Bugun
Dubayda o‘zbekistonliklar o‘rtasida pichoqbozlik: 1 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi hibsda
+29°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮЗ

Tramp boj urushi bilan o‘z maqsadiga erisha oladimi?

Iqtisodiyot 26

Tramp boj urushi bilan o‘z maqsadiga erisha oladimi?
AQSH prezidenti dunyoning deyarli barcha davlatlari tovarlariga boj joriy qilishini “Amerikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish” deb atamoqda. Korporativ moliya bo‘yicha xalqaro mutaxassis Xondamir Nusratxo‘jayev bu siyosatning AQSH va global dunyoga ta’siri haqida Nyu York universitetining iqtisodiyot professori Behzod Hoshimov bilan suhbatlashdi.

Behzod Hoshimovning ta’kidlashicha, 1945 yilda keyin xalqaro savdo erkinlashib, mamlakatlarning o‘zaro integratsiyasi kengayib borayotgandi. Agar Trampning boj siyosati bekor qilinmaydigan bo‘lsa, bu AQSHdagi ishlab chiqaruvchilar uchun ham, iste’molchilar uchun ham, dunyo uchun ham juda katta iqtisodiy zarar va yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.

“Oddiy bitta qalamdan tortib, iPhone kabi mahsulotgacha bo‘lgan tovarlar yuzlab chegaralarni bosib o‘tadi. Ishlab chiqarish zanjirlarida ixtisoslashuv kuchayayotgandi. Misol uchun, mikrochiplarning katta qismi Niderlandiyada, rezina Malayziyada ishlab chiqarilardi. Ya’ni har xil tovarlar turli joylarda ishlab chiqarilgani sababli mamlakatlar o‘zaro chuqur bog‘langan. Qiziq tomoni, AQSH dunyodagi eng katta iqtisodiyot va iste’mol bozori bo‘lsa-da, savdodagi ulushi u qadar katta emasdi. Ko‘p narsalar mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilardi. Qo‘shma Shtatlarda neft ham, metallar ham, suv va taxta kabilar ham bor. Juda ham katta iqtisodiyot tashqariga u qadar chuqur bog‘lanmagan. Ammo mamlakatdagi eng samarador sektorlar, jumladan, samolyot ishlab chiqarish Yevropa va Osiyodagi ishlab chiqaruvchilar bilan juda ham bog‘liq.

Ikkinchi tomondan, AQSH narxlar tushishi orqali xalqaro savdodan manfaat ko‘rardi. Chunki narxlar arzonligi sabab maishiy mahsulotlarning juda katta qismini rivojlanayotgan dunyodan import qilardi. Bir paytlar Amerikada ham ko‘ylak yoki paypoq ishlab chiqarilardi, ammo keyinchalik odamlar IT, arxitektura kabi yuqori iqtisodiy qiymat yaratadigan sohalarga o‘tib ketishni boshlashdi. Bu tabiiy jarayon.

Trampning bojlari sabab narxlar qimmatlaydi. Masalan, AQSHga qahva to‘liq import qilinadi. Tuxum bilan bog‘liq holat ham shunday, parrandalarga ozuqa chetdan olib kelinadi. Bu amerikalik iste’molchilarga juda ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tariflar saqlanib qoladigan bo‘lsa, AQSH bilan katta savdo aylanmasiga ega mamlakatlar qiynaladi. Agar keyingi 4 yil davomida tarif urushi davom etadigan bo‘lsa, bu AQSHdagi ishlab chiqaruvchilar uchun ham, iste’molchilar uchun ham, dunyo uchun ham juda katta iqtisodiy zarar va yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi”, deydi Behzod Hoshimov.

Xondamir Nusratxo‘jayev Tramp savdo defitsitini AQSHni ekspluatatsiya qilish deb baholayotganiga to‘xtalib, importning eksportdan ko‘pligi Amerika uchun haqiqatan ham salbiy jihatmi, degan savolni o‘rtaga tashladi.

Professor Hoshimovga ko‘ra, bu narsa amaldagi AQSH prezidentining mafkurasiga aylanib qolgan.

“Trampda bu narsa mafkura, g‘oya. Ko‘pchilik aytadi muzokara taktikasi deb. Yo‘q, Tramp bunga o‘nlab yillardan beri ishonadi. Oldingi iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchisi u bilan bu borada soatlab gaplashgan. Yonidagilarning hammasi ham mazkur siyosatni qo‘llab-quvvatlamaydi. New York Times'ning yozishicha, eng yaqin maslahatchilaridan bo‘lgan Ilon Mask ham bir necha marta tariflarni qo‘llamaslikni iltimos qilgan. Ya’ni bu Trampning siyosiy taktikasi emas, balki idealogiyasi.

U o‘ylaydiki, AQSH Vetnamga 100 so‘mlik narsa sotib, 1000 so‘mlik narsa sotib olyapti. Demak, biz Vetnam bilan savdoda 900 so‘m zarardamiz. Tariflarni belgilashda ham mana shu narsani tenglashtirish nuqtayi nazaridan qaralgan.

Masalan, uy xo‘jaligi misolida olaylik. Siz qahvaxonaga borib, kofe olasiz, ammo ular sizdan islom moliyasi bo‘yicha konsultatsiya olmaydi (Xondamir Nusratxo‘jayev islom moliyasi bo‘yicha mutaxassis sanaladi –tahr.) Doimiy ravishda manfiy savdo balansi bor. Yoki uyingizning yonidagi novvoy bilan ham savdo munosabatlari shunday. Novvoyga mendan iqtisodiy maslahat olsang, sendan non olishim mumkin, deb aytishimga o‘xshash g‘oya bo‘lyapti. Insoniyat boyigan sari ko‘proq narsani o‘zi qilmaslik harakatida bo‘ladi. Oldin ko‘pchilik o‘zining mashinasini o‘zi tuzatishga harakat qilardi, hozir unday emas. Ya’ni o‘zbekistonliklar ham iqtisodiy rivojlangani sari ko‘proq narsani boshqa odamlarga qildirishga o‘ta boshlaydi. AQSHning umumiy savdo balansi manfiy bo‘lishiga qaramay, investitsiyaviy balansi musbat. Ya’ni investorlar bu yerdagi qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalarga pul tikishadi. Ana shu pullarning bir qismi importni moliyalashtirishga ketadi va bu normal narsa”, – deydi Hoshimov.

Xondamir Nusratxo‘jayev Trampning ishlab chiqarishni Amerikaga qaytarishga urinishlariga baho berib, birdaniga katta bojlar joriy qilish bilan bunga erishish mumkinmi, degan savol bilan suhbatdoshiga yuzlandi.

“AQSHdagi ishlab chiqaruvchilarning fevral oyidagi fikrini o‘qigandim, ular boj masalasi hal bo‘lmaguncha yirik zavodlar qurishga investitsiyalarni 18 oyga to‘xtatib turish haqida o‘ylayapti. Katta korxonalar qurish o‘nlab yillardan so‘ng o‘zini oqlashi mumkin. Agar Tramp ketadigan bo‘lsa yoki birdan fikrini o‘zgartirsa, bu o‘zini oqlamasligi mumkin. Hozirgi noaniqlik sharoitida bunaqa investitsiya qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, hamma bu narsaning uzoq vaqt davom etmasligiga ishonyapti”, – deydi Hoshimov.

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025