Bugun
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
+22°
пасмурно ветер 1 м/с, СВ

Prezident: Kichik va o‘rta biznesga bu yil 120 trln so‘m resurs beriladi

Oʻzbekiston
121

Prezident: Kichik va o‘rta biznesga bu yil 120 trln so‘m resurs beriladi
Bugungi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025 yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.

«Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan», – dedi davlat rahbari.

Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.

Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.

«Uy-ro‘zg‘or va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi», – dedi Prezident.

Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.

Yuqoridagi tashabbuslardan kutilayotgan natijalar, ya’ni 2025 yil uchun sohadagi asosiy maqsad va vazifalar quyidagilar ekani ta’kidlandi:

  • kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga ko‘tarib, 70 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish;
  • yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart masalalariga ko‘maklashib, kichik biznes eksportini o‘tgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;
  • ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;
  • 1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;
  • 100 nafardan ko‘p ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;
  • kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
  • kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 767
Oʻzbekiston Bugun, 07:49
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zgidromet xizmati birinchi aprel kuni O'zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo sharoitlari haqida rasmiy ma'lumotlarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Toshkent
Oʻzbekiston Kecha, 21:39
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrida havo sifati yaxshilanishi va qurg'oqchilik muammosini hal etish maqsadida sun'iy yomg'ir yog'dirish usulini joriy etish bo'yicha aniq reja ishlab
Oʻzbekiston Kecha, 20:34
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Markaziy Osiyo davlatlari o'zining barqarorligi va xavfsizlik darajasi bilan dunyoda terrorchilik ta'siri eng kam bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 20:23
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
O'ttiz bir mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev
Oʻzbekiston Kecha, 19:17
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkent shahrida atmosfera havosini tozalash va miqdori jihatdan yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbus bo‘lib, sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda
Oʻzbekiston Kecha, 18:44