Bugun
Shvetsiya Polshani mag‘lub etib Jahon chempionatiga yaqinlashdi
+24°
пасмурно ветер 0.9 м/с, С

Hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Oʻzbekiston
136
Hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, 24 mart, dushanba kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonga dam olish kunlari nam va nisbatan salqin havo kirib kelishi ma’lum qilingandi. 24–27 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irli ob-havo sabab respublikaning 9 ta viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilingan.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 767
Oʻzbekiston Bugun, 07:49
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zgidromet xizmati birinchi aprel kuni O'zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo sharoitlari haqida rasmiy ma'lumotlarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Toshkent
Oʻzbekiston Kecha, 21:39
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrida havo sifati yaxshilanishi va qurg'oqchilik muammosini hal etish maqsadida sun'iy yomg'ir yog'dirish usulini joriy etish bo'yicha aniq reja ishlab
Oʻzbekiston Kecha, 20:34
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Markaziy Osiyo davlatlari o'zining barqarorligi va xavfsizlik darajasi bilan dunyoda terrorchilik ta'siri eng kam bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 20:23
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
O'ttiz bir mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev
Oʻzbekiston Kecha, 19:17
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkent shahrida atmosfera havosini tozalash va miqdori jihatdan yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbus bo‘lib, sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda
Oʻzbekiston Kecha, 18:44