Bugun
Messi Lego yordamida jahon kubogi maketini yig‘di
+13°
пасмурно ветер 1.1 м/с, С

10 fevral kuni uchun ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi

Oʻzbekiston
142
10 fevral kuni uchun ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi
Oʻzgidromet ertaga, 10 fevral kuni uchun ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechqurun yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi –3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi –3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi –3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 16 fevral
Bugungi reyslar jadvali — 16 fevral
Bugun 16 fevral kuni aeroportda jami 32 ta reys amalga oshiriladi, ulardan eng erta parvoz soat 05:15 da boshlanadi, eng kechi esa 23:20 da uchib ketadi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng ko‘p
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
O‘zbekistonda 16-fevral kuni bulutli ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonda 16-fevral kuni bulutli ob-havo kutilmoqda
16-fevral, dushanba kuni O‘zbekiston hududida ob-havo asosan bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kechga yaqin esa yog‘inning
Oʻzbekiston Kecha, 19:27
Mamlakatda hunarmandlar soni 22 mingdan oshdi
Mamlakatda hunarmandlar soni 22 mingdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmandlar soni 22 117 nafarni tashkil qilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 18:42
Diniy savollar uchun 1171 qisqa raqami ishga tushdi
Diniy savollar uchun 1171 qisqa raqami ishga tushdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida faoliyat olib borayotgan Fatvo markazi qoshida yangi qisqa raqam ishga tushirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endi aholining diniy masalalarga oid
Oʻzbekiston Kecha, 18:42
16 fevral: Oʻzbekistonda yomgʻir va tuman kutilmoqda
16 fevral: Oʻzbekistonda yomgʻir va tuman kutilmoqda
16 fevral, dushanba kuni Oʻzbekiston hududida havo oʻzgaruvchan boʻlib, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Baʼzi hududlarda tuman tushishi ehtimoli mavjud.
Oʻzbekiston Kecha, 15:33
Fevralda harorat +22 darajagacha ko‘tariladi
Fevralda harorat +22 darajagacha ko‘tariladi
Fevral oyida kontinental iqlimning o‘ziga xos jihatlarini yaqqol his qilish mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu kunlarda ob-havo tez-tez o‘zgarib turmoqda. Masalan, shanba kuni iliq ob-havo
Oʻzbekiston Kecha, 12:20