Bugun
AQSH raketasi Eron maktabida yuzlab halokatga sabab boldi
+18°
ясно ветер 3 м/с, С

Toshkentdan Samarqandgacha qatnov vaqti 2,5 soatgacha qisqaradi

Oʻzbekiston
151
Toshkentdan Samarqandgacha qatnov vaqti 2,5 soatgacha qisqaradi
Davlat rahbariga avtomobil yo‘llari qurish loyihalarining borishi to‘g‘risida axborot berildi.

Mamlakatimizda jami 184 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li bor. Tahlillarga ko‘ra, xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarimizning 25 foizi katta yuklamada ishlayapti. Masalan, kuniga 32 ming avtomobilga mo‘ljallangan “Toshkent – Samarqand” yo‘lida 45 mingta transport qatnayapti. Tirbandlik sababli ba’zan bunga 6 soatgacha vaqt ketayapti. 2030 yilga borib harakat jadalligi 80 mingdan oshishi mumkin.

O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi qarorida zamonaviy avtomobil yo‘llarini tashkil etish istiqbollari belgilangan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, birinchi navbatda, aholiga qulayliklar yaratish, milliy iqtisodiyotda logistika zanjirlarini mustahkamlashdir.

Mazkur qarorga muvofiq, Toshkentdan Samarqandga va Andijonga eltuvchi muqobil yo‘llar qurish ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” yo‘li loyihalashtirildi. Yanvarda uni qurish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi. Qisqa vaqtda unga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi.

Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkent bilan Andijon orasidagi qatnov vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirish imkonini beradi.

Yana bir loyiha Toshkent bilan Samarqandni bog‘lovchi qo‘shimcha yo‘l qurishga qaratilgan. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida uning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan. Bu yangi yo‘lning uzunligi 300 kilometr atrofida bo‘ladi. Uning natijasida Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida qatnov vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Hozirgi mavjud yo‘lda tirbandlik ancha kamayadi.

Umuman, bu yangi yo‘llar barcha zamonaviy talablarga javob beradigan, muqobil va qulay bo‘ladi. Ularda haydovchi va yo‘lovchilar uchun turli pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Bunyodkorlik jarayonida mahalliy qurilish korxonalari ham qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Transport vaziri mazkur loyihalar holati bo‘yicha taqdimot qildi. Geodeziya ishlarini jadallashtirib, yo‘llar hududini tayyorlash, qurilishga mablag‘ va pudratchilarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘xshash yangiliklar

Ko'chmas mulk va transport savdosi uchun yangi elektron tizim joriy etildi
Ko'chmas mulk va transport savdosi uchun yangi elektron tizim joriy etildi
Adliya vazirligi ko'chmas mulk va transport vositalarini sotib olish jarayonlarini yanada soddalashtirish va shaffoflikni ta'minlash maqsadida yangi nizomni davlat ro'yxatidan
Oʻzbekiston Bugun, 00:28
Ramazon oyida minglab masjidlarda Qur’on xatm etiladi
Ramazon oyida minglab masjidlarda Qur’on xatm etiladi
Bugun olti mart kuni kechqurun mamlakatimiz bo'ylab Ramazon oyining muhim voqealaridan biri bo'lib o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zbekiston hududida joylashgan bir ming
Oʻzbekiston Kecha, 19:49
Yosh onalardan tug'ilgan bolalar soni yarmidan oshdi
Yosh onalardan tug'ilgan bolalar soni yarmidan oshdi
O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining so'nggi e'lon qilgan ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, o'tgan yil davomida mamlakatimizda tug'ilish
Oʻzbekiston Kecha, 19:30
To'qqizta viloyatda kuchli yomg'in va sel suvlari xavfi e'lon qilindi
To'qqizta viloyatda kuchli yomg'in va sel suvlari xavfi e'lon qilindi
O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati joriy yilning o'n sakkizinchi va o'n to'qqizinchi mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg'inlar sababli respublimizning
Oʻzbekiston Kecha, 18:42
Gidromet xizmati ertangi kun ob-havo prognozini e'lon qildi
Gidromet xizmati ertangi kun ob-havo prognozini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati ertangi kun uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prognozga ko'ra, mamlakat hududlarida ob-havo
Oʻzbekiston Kecha, 18:21
Ramazon oyining yakuniy xatmi Qur'on marosimlari bo'lib o'tadi
Ramazon oyining yakuniy xatmi Qur'on marosimlari bo'lib o'tadi
Bugun, oltinchi mart kuni kechqurun yurtimiz bo‘ylab Islom dinining muqaddas Ramazon oyiga xos eng yirik va ma’naviy marosimlardan biri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘zbekiston
Oʻzbekiston Kecha, 17:56