Bugun
Shvetsiya Polshani mag‘lub etib Jahon chempionatiga yaqinlashdi
+24°
пасмурно ветер 0.9 м/с, С

O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi o‘rganiladi

Oʻzbekiston
22
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi o‘rganiladi
Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2017 yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta ko‘p qavatli uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarlicha ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Qurilishning asoslaridan biri bo‘lgan seysmologiya sohasi ham rivojlantirilmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishga e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, 1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida vayronkor zilzila sodir bo‘lgan. O‘zbekiston prezidenti zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etish tashabbusini ilgari surgan edi. Yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.

Bu sohada xalqaro standartlarga mos bo‘lish uchun davlat rahbari yangi qurilayotgan uylarning sifatiga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, ko‘p qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.

Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Prezident qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 767
Oʻzbekiston Bugun, 07:49
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zbekistonda birinchi aprel ob-havosi: yomg'ir va issiq kutilmoqda
O'zgidromet xizmati birinchi aprel kuni O'zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo sharoitlari haqida rasmiy ma'lumotlarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Toshkent
Oʻzbekiston Kecha, 21:39
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrida havo sifati yaxshilanishi va qurg'oqchilik muammosini hal etish maqsadida sun'iy yomg'ir yog'dirish usulini joriy etish bo'yicha aniq reja ishlab
Oʻzbekiston Kecha, 20:34
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Global terrorizm indeksi bo'yicha Markaziy Osiyo xavfsizlik darajasi
Markaziy Osiyo davlatlari o'zining barqarorligi va xavfsizlik darajasi bilan dunyoda terrorchilik ta'siri eng kam bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 20:23
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
Mirziyoyev va Kosherbayev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi
O'ttiz bir mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev
Oʻzbekiston Kecha, 19:17
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkentda sun'iy yomg'ir yog'dirish texnologiyasi joriy etiladi
Toshkent shahrida atmosfera havosini tozalash va miqdori jihatdan yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbus bo‘lib, sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda
Oʻzbekiston Kecha, 18:44